23 iyul payshanba kuni Xitoy Mars sayyorasiga o‘zining ilk uchuvchisiz raketasini uchirishga muvaffaq bo‘ldi. Xitoyning eng yirik tashuvchi raketasi bo‘lgan “Long March 5 Y-4” Hainan orolidagi Venchang Fazo Markazidan 12:41 da uchirildi.
2020 yilda Mars sayyorasi Yerga eng yaqin masofaga kelgan bo‘lib, hozirda bu ikki sayyora orasidagi masofa 55 million kmni tashkil qilmoqda. Sayyoralarning bir-biriga bu darajada yaqin kelishi har 26 oyda bir marta sodir bo‘ladi va bu holat 1 oy davom etadi.
Xitoyning raketasi Marsga keyingi yilning fevral oyida yetib borishi kutilmoqda. Mazkur fazo kemasi Marsning shimoliy yarimshridagi “Utopia Planitia” deb nomlangan tekisligigiga qo‘nishga urinib ko‘radi va u yerni o‘rganish uchun maxsus kichik mashinani 90 kunga tushirib qoldiradi.
Agar ushbu missiya muvaffaqiyatli amalga oshsa, Xitoy o‘zining birinchi urinishidayoq Mars orbitasiga kirgan, unga qo‘ngan va maxsus tadqiqot mashinasini joylashtirgan dunyodagi birinchi mamlakatga aylanadi.
Marsga 1960 yildan beri 50 dan ortiq missiyalar amalga oshirilgan bo‘lib, ularning yarmi texnik muammolar tufayli muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Bu sayyoraga uchirilgan raketalarning faqat juda oz qismigina u yerga qo‘nishga urinib ko‘rgan.
“Ushbu missiya qiyinchiliklarga boy bo‘lishi va oldingi raketalarning harakatlaridan boshqacharoq bo‘lishi mumkin. Bu tadqiqot dasturi hisoblanadi, shuning uchun uning muvaffaqqiyatli bo‘lishiga 100 foiz kafolat yo‘q. Agar missiya barbod bo‘lsa yoki biror muammo tug‘ilsa, biz olg‘a intilishda davom etamiz va ushbu loyihani boshqattan amalga oshiramiz” deydi ushbu missiyaning matbuot kotibi Liu Tongji.
Liu ushbu loyihaning qiymatini oshkor qilmadi, lekin uning so‘zlariga ko‘ra, 2014 yilda boshlangan mazkur missiya “juda tejamkor” narxda bo‘ldi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Олимлар бундан радиация нафақат тирик мавжудотларни йўқ қилиши, балким уларнинг организмида кутилмаган эволюция жараёнларни қўзғатиши ҳам мумкин, деган хулосага келишмоқда.
Доналд Трамп 9 апрел кунидан бошлаб Хитой товарларига қўшимча божлар жорий этиш билан таҳдид қилди Унинг айтишича, бу Вашингтоннинг Хитой импортига божларни ошириши сабаб Пекин томонидан жорий қилинган АҚШ импортига қўшимча 34 фоизлик божларга жавоб бўлади.
Исроилнинг вахшиёна тажовузи яна қанча давом этади? Янги туғилган чақалоқларнинг тахминан 20 фоизи муддатидан олдин, кам вазнли ёки асоратлар билан туғилмоқда ва топиш қийин бўлган юқори даражадаги парваришга муҳтож бўлмоқда.
Ҳодиса оқибатида енгил машина ҳайдовчиси ва олд ўриндиғидаги йўловчи — ҳайдовчининг синфдоши бўлган бола оғир тан жароҳати олиб, шифохонага ётқизилган.
Буни тасаввур қилиш учун айтиш мумкинки, бу бино Ню-Ёркнинг осмонўпарлар ўрмонида ҳам ўзини йўқотмай, Empire State Building ва One World Trade Center томидан ҳам баланд кўтарилади.
Вазирлик томонидан қайд этилганидек, мамлакатда амалга оширилаётган бундай янгиликлар табиий компонентлар асосидаги юқори сифатли дори воситалари орқали биофармацевтика саноатини ривожлантириш имконини беради.
Шифокорларнинг саъй-ҳаракатларига қарамай, юз, бўйин, қўл, оёқ ва сон қисмларидан куйиш жароҳатларини олган икки бола ҳам вафот этди, дейилади хабарда.