Xitoy bozori O‘zbekistonda yetishtirilgan uzum va tovuq oyoqlari uchun ochildi

Xitoy bozori O‘zbekistonda yetishtirilgan uzum va tovuq oyoqlari uchun ochildi

Mamlakatimizning XXRdagi elchixonasi O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlikda mahalliy mahsulotlarni Xitoy bozoriga olib kirish bo‘yicha faol ish olib bormoqda, deb xabar qilayapti «Dunyo».

O‘zbekiston Prezidentining 18-19 may kunlari XXR buyurgan davlat tashrifi doirasida bir qator hujjatlar, jumladan, O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan Xitoy Bojxona bosh ma’muriyati o‘rtasida «O‘zbekistondan Xitoyga uzum eksport qilishda fitosanitar talablar va nazorat to‘g‘risidagi bayonnoma» hamda «O‘zbekistondan Xitoyga Parranda go‘shtini yetkazib berishda karantin va veterinariya-sanitariya talablari to‘g‘risidagi bayonnoma» imzolandi.

Xitoy mamlakatga import qilinadigan tovarlar ustidan qattiq nazoratni amalga oshiradi, import qiluvchilar/ishlab chiqaruvchilarga mahsulotlarni tekshirish uchun nazorat ostida karantin ruxsatini beradi. Bayonnomalarda sanitariya, veterinariya va fitosanitariya talablari aniq belgilangan.

Xususan, O‘zbekistondan ushbu mamlakatga eksport qilinayotgan uzum va muzlatilgan tovuq oyoqlari XXR import qilinadigan fitosanitariya va veterinariya talablariga, shuningdek, Xitoyning oziq-ovqat xavfsizligi va gigiyena standartlariga javob berishi kerak.

Mahsulotlarni eksport qilishga faqat Xitoy fitosanitariya xizmati reestriga kiritilgan korxonalarga ruxsat etiladi. Bu esa Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklarni himoya qilish agentligi hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasiga tegishli.

Imzolangan bayonnomalar bilan tadbirkorlar uchun Xitoyga eksport hajmini oshirish, ishlab chiqaruvchi va fermerlar daromadini ko‘paytirish uchun yangi imkoniyatlar ochilmoqda. Qayd etilishicha, o‘zbek eksportyorlari o‘z mahsulotlarini Xitoy bozoriga yetkazib berishdan maksimal darajada foyda olish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishlari kerak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!