Xillari Klinton «Terror holati» nomli yangi kitob yozdi

Xillari Klinton «Terror holati» nomli yangi kitob yozdi

AQShning sobiq davlat kotibi Xillari Klinton taniqli kanadalik yozuvchi Luiza Penn bilan hamkorlikda triller janrida kitob yozadi. Bu haqda Simon & Schuster nashriyoti saytida xabar berilgan.

«Terror holati» ("State of Terror") deb nomlangan mazkur kitob 12 oktyabrda taqdimot qilishi rejalashtirilgan. Bosh qahramon yaqinda prezident ma’muriyatiga tayinlangan davlat kotibi bo‘ladi.

X.Klinton AQShning 44-prezidenti Barak Obama ma’muriyati davrida davlat kotibi lavozimida ishlagan, 2016 yilda u prezident saylovlarida demokratlar partiyasidan nomzod sifatida qatnashgan, ammo respublikachi Donald Trampga yutqazgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!