Xatna (sunnat) qilishning salomatlikdagi o‘rni qanday?

Xatna (sunnat) qilishning salomatlikdagi o‘rni qanday?

Xatna qilish ta’kidlangan sunnatlardan hisoblanadi. Hadisi sharifda Payg‘ambar alayhissalom: Xatna qilish erkaklarga sunnat, ayollarga ikromdir deganlar. Imom Ahmad rivoyati.

Shimoliy Afrika diyorlarida ayollarni ham xatna qilinadi. Bizning ulamolarmiz qiz bolani xatna qilish issiq o‘lkalarga xos ekanini ta’kidlaganlar.

Xatna qilish uchun alohida vaqt va yoshni belgilanmagan. Lekin go‘dak kasalmand, jismonan zaif bo‘lmasa, kechiktirmay tezroq xatna qilish tavsiya etiladi.

Xatna qiluvchi kishi sunnatni amalga oshirayotganini his qilib, unga beriladigan ajr-savobdan umid bilan bola haqiga duo ila boshlashi kerak.

Bolaning zakari uchi bukilgan bo‘lsa terisi ostidan va u a’zosi ustidan kam-kam milni suqib, ichidagi yopishgan terini ko‘chiriladi va mil ustiga olib, nay qamishdan bo‘lgan bir qisqich bilan tutib kesiladi. Ushbu sunnatni bajaruvchi kishining qo‘li quvvatli, o‘zi chaqqon, ehtiyotkor va ustozidan ruxsat olgan bo‘lishi kerak. Toki beparvolik qilib yosh o‘g‘lonlarning halokatiga sababchi bo‘lib qolmasin.

Ilmiy-tibbiy adabiyotlarda berilgan izoh, ma’lumotlarga ko‘ra, o‘g‘il bolani xatna qilish tibbiy tilda posteotomiya deb ataladi.

Inson vujudida modda almashinuvi uzluksiz davom etishi tufayli siydik orqali 150 dan ziyod komponentlar, shu jumladan, suv, organizm uchun keraksiz bo‘lgan chiqindilar (mochevina, siydik kislotasi), erigan holatdagi turli mineral tuzlar, shuningdek zaharli moddalar, xiltlar tashqariga chiqadi. Odatda tuzlar kristallar hosil qiladi, cho‘kmaga tushadi, toshlarga aylanadi. Natijada, jinsiy olat boshi terisi, uning yupqa pardasi yallig‘lanadi. Aniqrog‘i, xatna qilinmagan o‘g‘il bolalarda fimoz, parafimoz kasalliklari kuzatiladi. O‘sha joyda qichishish, achishish, shish, og‘riq paydo bo‘ladi. Bu holat bolaning peshob qilishi jarayonida kuchayadi, uning chinqirib yig‘lashi va bezovta bo‘lishiga olib keladi. Buning yana boshqa salbiy ta’sirlari ham borligi haqiqat. Ba’zan esa, jinsiy olat boshining siqilib qolishi sababli bemalol peshob ajratish qiyinlashadi. Bunday og‘ir va tahlikali holatlarda bemorga ko‘rsatiladigan eng ishonchli va shoshilinch tibbiy tadbirlardan biri xatnadir.

Doktor Foris Alvon aytadi: Xatna qilishning salomatlikka katta foydasi bor. Unga faqatgina pastkash, mutaassib yoki o‘ta nodon kishi shubha bilan qaraydi.

Darhaqiqat, g‘arbliklar avvvallari xatna qilishni tanqid qilar edilar. So‘ngi yillarda ushbu sunnat amalning foydalarini kashf qilgach, ular o‘z xatolarini tushunib yetmoqdalar. Hatto ba’zilari yoshi katta bo‘lishiga qaramay ushbu sunnatni o‘zlariga lozim tutmoqdalar.

Xatna qilmaslik tufayli bavl qilgandan keyin xatna qilish zarur bo‘lgan qismda bakteriyalar ko‘payadi, natijada mazkur joy turli kasalliklar uchun bo‘shliqqa aylanadi. Paydo bo‘lgan jinsiy kasalliklar siydik yo‘li orqali qovuq va buyrakka yoki moyak, prostata bezi, urug‘ pufakchalariga o‘tadi.

Xatna qilish jinsiy a’zoda saraton kasalligi paydo bo‘lishining oldini oladi. Zero, xatna qilingan kishilarda bu kasallik bo‘lmaydi. Chunki bolaning yoshligidayoq xatna qilish ushbu kasallikning oldini olish garovi hisoblanadi.

Ba’zan erkakdagi yallig‘lanish oilaviy munosabatlar orqali ayolga ham yuqib, unda jinsiy a’zo yoki bachadon bo‘yinchasi yallig‘lanishi va yiringlashiga sabab bo‘ladi. Gohida bachadonda yallig‘lanish kuchayib ketgach bepushtlikka olib keladi! .

Demak, dinimizning shiorlaridan hisoblangan ushbu xatna qilish tufayli katta ajrga ega bo‘lish bilan birga, nafaqat insonning o‘zi balki jamiyatdagi turli kasalliklarning oldi olinadi.

Manba: muslim.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!