Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) prezidenti etib saylangan Kirsti Koventri harbiy mojarolar sababli mamlakatlarning Olimpiada o‘yinlaridan diskvalifikasiya qilinishiga qarshi ekanini aytdi.
Koventri XOQ prezidenti etib saylangan birinchi ayol bo‘ldi. Tashkilot rahbari saylovi payshanba kuni Gresiyada bo‘lib o‘tdi. Amaldagi prezident Tomas Bax 2025 yilning 23 iyunida iste’foga chiqadi.
"Men bunga qarshiman, lekin menimcha, har bir vaziyatni o‘ziga xos tarzda ko‘rib chiqish kerak", dedi Koventri Sky News telekanaliga u mojarolar sababli mamlakatlarni Olimpiada o‘tkazishni taqiqlashga qarshimi degan savolga, "Men Olimpiya harakati mojarolar haqida qaror qabul qilishi uchun ba’zi siyosat va ko‘rsatmalar ishlab chiqadigan ishchi guruh tuzmoqchiman."
"Afrikada ham mojarolar bor va ular hozir dahshatli. Afsuski, bu muammo hal bo‘lmayapti. Biz sportchilarni qanday himoya qilamiz va qo‘llab-quvvatlaymiz? Qanday qilib barcha sportchilarning Olimpiya o‘yinlarida qatnashish imkoniyatini ta’minlaymiz? Bizning mas’uliyatimiz Olimpiya o‘yinlari paytida sportchilarning xavfsizligini ta’minlash va ularni himoya qilish va qo‘llab-quvvatlashdir. Lekin bu bizning eng yaxshi sportchimiz, deb hisoblayman. Rossiya Milanda o‘tkaziladigan qishki o‘yinlarga qaytadimi?. Biz buni ishchi-guruh bilan muhokama qilamiz" - dedi Zimbabvelik ayol.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Мутахассиснинг таъкидлашича, сўнгги пайтларда ўзбекистонликлар учун Россия бозорининг жозибадорлиги пасайган, чунки уларнинг ўз ватанида иқтисодиёт ва қурилиш соҳаси жадал ривожланмоқда.
Маълум қилинишича, биринчи контингент Ҳиндистон, Индонезия, Бразилия ва Саудия Арабистони ҳарбийларидан ташкил топиши мумкин бўлиб, уларни Россия ва Украина чегарасига жойлаштириш кўзда тутилган. Иккинчи контингентга эса...
Tesla’нинг йирик инвестори Newsweek нашрида берган интервьюсида компания директорлар кенгашини Илон Маскни бош директор лавозимидан четлатишга чақирди.