Xalqaro elektraloqa ittifoqi bosh kotibi O‘zbekistonda telekommunikasiya sohasini isloh qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholadi

Xalqaro elektraloqa ittifoqi bosh kotibi O‘zbekistonda telekommunikasiya sohasini isloh qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholadi

O‘zbekistonning Jeneva shahridagi BMT bo‘linmasi va boshqa xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakili Eldiyor Toshmatov Xalqaro elektraloqa ittifoqi (XEI) bosh kotibi Dorin Bogdan-Martin bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.

Xalqaro elektraloqa ittifoqi rahbariga O‘zbekistonda axborot-kommunikasiyalari sohasida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, O‘zbekiston bilan xalqaro iqtisodiy tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni faollashtirish mamlakatimiz tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligi ta’kidlandi.

XEI bosh kotibi o‘z navbatida, O‘zbekistonda telekommunikasiya sohasini yanada isloh qilish va rivojlantirish, davlat boshqaruvi tizimi hamda milliy iqtisodiyot tarmoqlariga yuqori texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni yuqori baholadi.

Uning aytishicha, O‘zbekiston XEI bilan faol hamkorlik qiladi, respublika vakillari Vakolatli konferensiyalar (XEI oliy organi), forumlar, seminarlar va mintaqaviy hamda xalqaro miqyosdagi boshqa tadbirlarda muntazam ishtirok etib kelmoqda.

Shu bilan birga, elektron tijorat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish kabi sohalarda hamkorlikni faollashtirishning muhimligi qayd etildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!