WhatsApp Android uchun ekran almashish funksiyasini tayyorlamoqda

WhatsApp Android uchun ekran almashish funksiyasini tayyorlamoqda

WhatsApp Android qurilmalari uchun messenjerda qo‘ng‘iroqlar vaqtida ekran almashish funksiyasini o‘z ichiga olgan yangilanishni sinovdan o‘tkazmoqda, deb xabar beradi WABetaInfo portali .

WhatsApp ekranni almashish funksiyasini hamda pastki navigasiya panelidagi yangi yorliqlar tartibini chiqaradi.

Ekranni almashish funksiyasi qo‘ng‘iroq paytida panelda joylashadi va foydalanilganda qo‘ng‘iroqning boshqa ishtirokchilari foydalanuvchi ekranini ko‘rishlari mumkin bo‘ladi.

Qayd etilishicha, ushbu funksiya ishtirokchilar soni ko‘p bo‘lgan guruh qo‘ng‘iroqlari uchun, shuningdek, Android’ning eski versiyalariga ega foydalanuvchilar uchun ishlamasligi mumkin.

Shuningdek, Android’dagi WhatsApp 2.23.11.19 versiyasiga yangilanganda messenjerning pastki navigasiya panelidagi yorliqlar tartibida o‘zgarishlar bo‘lishi qo‘shimcha qilinadi.

Ayni paytda, portal tushuntirganidek, yangilanishning beta-versiyasi sinovdan o‘tkazilmoqda va yaqin kunlarda undan ko‘proq foydalanuvchilar foydalanishi mumkin bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!