Vladimir Putin va Si Szinpin Rossiya va Xitoy munosabatlari haqida maqolalar yozgan

Vladimir Putin va Si Szinpin Rossiya va Xitoy munosabatlari haqida maqolalar yozgan

Rossiya va Xitoy yetakchilari Vladimir Putin hamda Si Szinpin tez orada o‘z maqolalarini e’lon qiladi va ularda ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar holatiga o‘z baholarini bildiradi.

Bu haqda prezidentning xalqaro masalalar bo‘yicha yordamchisi Yuriy Ushakov ma’lum qildi.

“Ikki yetakchi o‘z maqolalarini “Jemin Jebao” va “Rossiyskaya gazeta”da chop etishga kelishib oldi. Putin va Si Szinpinning ushbu maqolalari 20 mart, dushanba kuni chop etiladi”, — dedi u.

Bu ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi muzokaralar arafasida muhim signal bo‘ladi, dedi Ushakov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!