Vladimir Klichko boksga qaytishi mumkin

Vladimir Klichko boksga qaytishi mumkin

Boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Vladimir Klichko boksga qaytishiga sabab bo‘ladigan narsani aytdi.

 “Motivasiyam avvalgidek qolgan. Meni boksga qaytaradigan narsa bu Jorj Formanning rekordi. Oxirgi to‘rt yil ichida aynan shu narsani o‘ylayapman”, – dedi Klichko.

Ma’lumot uchun, Jorj Forman 45 yoshu 299 kunligida boksga qaytgan va jahon chempioni bo‘lgan. Klichko esa shu yili mart oyida 45 yoshga to‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Vladimir Klichko oxirgi jangini 2017 yilda Entoni Joshuaga qarshi o‘tkazib, mag‘lubiyatga uchragandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!