Viktoriya Bekxem Spice Girls guruhiga qo‘shilgani uchun million funtga yaqin daromad oldi

Viktoriya Bekxem Spice Girls guruhiga qo‘shilgani uchun million funtga yaqin daromad oldi

Britaniyalik qo‘shiqchi va dizayner Viktoriya Bekxem Spice Girls guruhiga qo‘shilgani uchun million funtga yaqin daromad oldi, garchi u guruhda qo‘shiq aytishni rad etgan bo‘lsa ham. Bu haqda The Sun xabar bermoqda.

U barcha daromadlarning beshdan birini reklama, lisenziya shartnomalari va guruhning tovar mahsulotlarini sotishdan oldi.

Shu bilan birga, Bekxemning modellashtirish biznesi yillar davomida foyda keltirmadi. 2019 yilda uning kompaniyasi ko‘rgan zarar 12 million funtni tashkil etdi.

O‘tgan yili guruh a’zolari 13 ta konsertdan iborat gastrol safarlarini o‘tkazishdi. Bu davrda ular 4,5 million funt ishlab topishdi.

Avvalroq Angliyaning sobiq futbolchisi Devid Bekxem va uning rafiqasi yer osti qismida maxfiy tunnel qurishga qaror qilishgandi. U xavfli holatlarda Britaniyaning Kosvold shahridagi uydan bolalari bo‘lgan er-xotinning favqulodda qochishi uchun mo‘ljallangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!