Vertolyot qulab tushishi natijasida ekipaj a’zolari vafot etdi - Mudofaa vazirligi

Vertolyot qulab tushishi natijasida ekipaj a’zolari vafot etdi - Mudofaa vazirligi

2023 yil 17 noyabr kuni soat 20:15 da Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligiga tegishli “Mi-8” vertolyoti “Kattaqo‘rg‘on” poligonida o‘quv parvozini amalga oshirayotganida halokatga uchradi.

Fojia oqibatida vertolyot ekipaji halok bo‘ldi. Ayni vaqtda hodisa joyida Maxsus komissiya avariya sabablarini aniqlash ustida ish olib bormoqda.

Halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning oila a’zolari hamda yaqinlariga chuqur hamdardligimizni bildiramiz.

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!