Venesuela AQSh samolyotini urib tushirdi

Venesuela AQSh samolyotini urib tushirdi

Venesuela harbiy kuchlari mamlakat havo hududiga noqonuniy kirgan Amerika samolyotini urib tushirdi. Ichki ishlar vaziri Nestor Reverol AQSh ro‘yxat raqami bo‘lgan samolyotda giyohvand moddalar bo‘lganligini aytdi.

Venesuela Ichki ishlar vazirligining xabar berishicha, hodisa Zuliya shtatida sodir bo‘lgan.

Mamlakat hududi bo‘ylab giyohvand mafiya samolyotlarini urib tushirishga ruxsat beruvchi qonun 2013 yilda Venesuelada qabul qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!