Varan Fransiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi

Varan Fransiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi

Rafael Varan 29 yoshida Fransiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi.

Le Parisien nashrining xabariga ko‘ra, “Manchester Yunayted” himoyachisi terma jamoadagi faoliyatini yakunlagan.

Himoyachi terma jamoadagi o‘yinlardan jismoniy va ruhiy bosim his qilgan. Undan tashqari Varan oilasiga ko‘proq vaqt ajratmoqchi. Shuningdek, JCH—2022 finalidagi Argentinaga uchralgan mag‘lubiyat ham unga o‘z ta’sirini o‘tkazgan.

Rafaelning terma jamoani tark etishining yana bir sabablaridan biri — tizzasidan olgan jarohat.

Varan 2013 yildan buyon Fransiya terma jamoasi sharafini himoya qilib kelayotgan edi. Terma jamoa safida 93 ta o‘yin o‘tkazgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!