Vaqt sayohatchisi: “Men 2749-yilda ikki yil yashadim”

Vaqt sayohatchisi: “Men 2749-yilda ikki yil yashadim”

“Filadelfiya tajribasi” ishtirokchisi Al Bilek kalajakka qilgan sayohati to‘g‘risida aytib berdi. Unga ko‘ra, u 2137 yilda taxminan olti hafta, 2749 yilda esa ikki yil yashadim, deb aytgan.

Amerikalik 2749 yilda okean bo‘ylab harakatlanadigan shaharlarni ko‘rganiga amin. Dunyoni intellektual imkoniyatlari butun insoniyatnikidan ham ustun bo‘lgan ulkan kompyuter boshqarar edi. Telepatiyaning rivojlanish davri boshlandi. Hukumatlar o‘z faoliyatini butunlay to‘xtatdi va insoniyat rivojlanishning tubdan yangi darajasiga ko‘tarilib, yaxlit xalq bo‘lib yashashga muvaffaq bo‘ldi. Yer aholisi hamjamiyatlik asosida shakllanib, har bir inson hayot uchun zarur bo‘lgan hamma narsaga ega edi.

Al Bilek kelajakka qanday qilib tushib qolganini va asosiysi, qanday qaytib kelganini bilmaydi. Uning vaqt sayohati to‘g‘risidagi da’volari bugungi olimlar tomonidan masxara qilingan. Shunga qaramay, u kelajakda hamma narsa aynan u aytganidek bo‘lganiga amin. Bunday kelajakni yorqin deb atash mumkinmi? Aytish qiyin.

Filadelfiya tajribasi – bu AQSh dengiz kuchlari tomonidan 1943 yilning 28 oktyabrida o‘tkazilgan afsonaviy tajriba bo‘lib, o‘shanda Eldrij mina tashuvchisi g‘oyib bo‘lib, bir zumda bir necha 10 kilometr masofa uzoqlikdagi bo‘shliqda joyini o‘zgartirgan.

AQSh dengiz kuchlari ushbu tajribani rasman tasdiqlamagan bo‘lsa-da, ammo bu haqda mish-mishlar keng tarqalgan. O‘sha paytdagi Eldrij ekipaji dengizchilari tajriba o‘tkazilganini rad etishadi va bu haqidagi da’volarni uydirma va yolg‘on deb hisoblashadi.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!