Van Gal Ronaldu va Messini taqqosladi

Van Gal Ronaldu va Messini taqqosladi

Niderlandiya milliy jamoasi sobiq bosh murabbiyi Lui van Gal Krishtianu Ronaldu va Lionel Messidan birini tanladi.

Murabbiyning so‘zlariga ko‘ra, Ronaldu ko‘proq jamoaviy o‘yinchi.

«Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu o‘z davrining eng yaxshi futbolchilari, ular orasidan birini tanlash qiyin. Ronalduning unvonlari Messidan ko‘proq. Leoda individual mukofotlar ko‘proq, lekin Ronaldu nisbatan jamoaviy o‘yinchi.

Demak, agar tanlash kerak bo‘lsa, men individual o‘yinchidan ko‘ra, ko‘proq jamoa uchun foydali o‘yinchini tanlayman. Messi eng yaxshi futbolchi bo‘lishi mumkin, lekin siz jamoa bo‘lib o‘ynashingiz kerak», - deydi Lui van Gal.

Eslatib o‘tamiz, niderlandiyalik mutaxassis JCH-2022dan keyin Niderlandiya milliy jamoasini tark etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!