Van Damm va Alla Pugachyovaning stilisti vafot etdi

Van Damm va Alla Pugachyovaning stilisti vafot etdi

Rossiyalik moda mutaxassisi va imijmeyker Aleksandr Shevchuk vafot etdi. Bu haqda xonanda Laima Vaykule o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.

O‘zining blogida san’atkor stilist bilan tushgan fotosuratini joyladi va Shevchuk vafot etganini e’lon qildi. U o‘lim sabablari haqida yozmagan.

"Bizning umumiy o‘tmishimiz bor edi va kelajak uchun rejalarimiz, afsuski, amalga oshmay qoldi", – deb yozdi Vaikula.

Yaqinda 54 yoshga to‘lgan stilistning mijozlari orasida Alla Pugachyova, Zemfira, Valeriy Meladze, Filipp Kirkorov, shuningdek, taniqli aktyorlardan Jan-Klod Van Damm bor edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!