Vakolatli iqtisodiy operatorlar qanday afzalliklarga ega?

A A A
Vakolatli iqtisodiy operatorlar qanday afzalliklarga ega?

Bojxona ma’murchiligi sohasidagi xalqaro standartlar talablaridan kelib chiqqan holda insofli tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga soddalashtirilgan bojxona tartib-taomillaridan foydalanish huquqini berishni nazarda tutuvchi vakolatli iqtisodiy operatorlar instituti joriy etildi.

Bugungi kunda respublikada vakolatli iqtisodiy operator maqomiga ega bo‘lgan 52 ta yuridik shaxs bojxona operasiyalarini amalga oshirishda maxsus soddalashtirishlardan foydalanib kelmoqda.

Mazkur institutning joriy etilishi bojxona tartib-taomillarining yanada soddalashtirilishiga, bojxona organlari faoliyati samaradorligini oshirishga, shuningdek, biznesni rivojlantirish yo‘lida byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish va mamlakatda investisiya muhitini yaxshilashga xizmat qilmoqda.

Vakolatli iqtisodiy operator maqomini berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yilning 24 avgustdagi “Vakolatli iqtisodiy operatorlar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” gi qarori bilan tartibga solingan.

Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, vakolatli iqtisodiy operator bu — bojxona operasiyalarni amalga oshirishda soddalashtirilgan bojxona tartib-taomillaridan foydalanish uchun Nizom talablariga javob beruvchi yuridik shaxslarga beriladigan maqom.

Yuridik shaxsning vakolatli iqtisodiy operatorlar reestriga kiritilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma elektron tarzda tuziladigan, operator maqomini tasdiqlovchi va bojxona operasiyalarini amalga oshirishda maxsus soddalashtirilgan bojxona tartib-taomillaridan foydalanish huquqini beruvchi, QR-kod qo‘yilgan elektron hujjat hisoblanadi.

– Xalqaro tajribadan kelib chiqib, vakolatli iqtisodiy operatorlar uchun 3 turdagi (birinchi, ikkinchi va uchinchi turdagi) guvohnomalar joriy etilgan, – deydi Bojxona qo‘mitasi Axborot xizmati bosh inspektori, bojxona xizmati mayori Aziza Zoirova. – Ularga, bojxona masalalari bo‘yicha vakolatli iqtisodiy operator, xavfsizlik masalalari bo‘yicha vakolatli iqtisodiy operator, bojxona va xavfsizlik masalalari bo‘yicha vakolatli iqtisodiy operator guvohnomalari kiradi. Bojxona masalalari bo‘yicha operator guvohnomasi yuridik shaxsga tovarlarni deklarasiyalash va chiqarish bilan bog‘liq bojxona operasiyalarini birinchi navbatda amalga oshirish, operator tomonidan tashiladigan tovarlarga nisbatan tovarni tashish yo‘nalishini belgilamaslik huquqini beradi. Shu bilan birga, bojxona to‘lovlari to‘lanishi ta’minlanmagan holda, operatorning tovarlarini jo‘natuvchi bojxona organidan tovar kelib tushadigan joygacha yetkazib berish, bojxona to‘lovlari to‘lanishi ta’minlanmagan holda, operatorning transport vositasida bojxona tranzitini amalga oshirish huquqini beradi. Qolaversa, Eksportga jo‘natiladigan operatorning tovarlari yuklangan transport vositalarining yuk xonalari (otseklari) yoki ularning bir qismiga operator tomonidan qo‘yilgan plombalarni davlat bojxona xizmati organlari tomonidan identifikasiya vositalari sifatida tan olinadi. Davlat bojxona xizmati organlari tomonidan vaqtni qisqartirish va bojxona operasiyalarini o‘tkazish tartibini optimallashtirishga qaratilgan tajriba loyihalarida ustuvor ishtirok etish huquqini beradi. Bojxona to‘lovlari to‘lanishini 50 foizga ta’minlagan holda, bojxona to‘lovlarini bo‘lib to‘lash va (yoki) muddatini yigirma ish kunigacha kechiktirgan holda operatorning tovarlarini erkin muomalaga chiqarish, chet el tovarlari tashilayotganda bojxona hamrohligida kuzatib borishni qo‘llamaslik huquqini beradi.

Xavfsizlik masalalari bo‘yicha operator guvohnomasi yuridik shaxsga quyidagi maxsus soddalashtirishlardan foydalanish huquqini beradi. Tovarlarni deklarasiyalash va chiqarish bilan bog‘liq bojxona operasiyalarini birinchi navbatda amalga oshirish, operatorning tovar va transport vositalarini chiqarib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilishda bojxona nazorati shakllari qo‘llanilmasligi, xavfni boshqarish tizimida belgilangan choralar bundan mustasno.

Bojxona to‘lovlari to‘lanishi ta’minlanmagan holda, tovarlarni operator tomonidan guvohnoma olish uchun taqdim qilingan arizada ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha operatorning binolari, ochiq maydonchalari va bojxona ombori hisoblanmaydigan joylarda bojxona nazorati ostida joylashtirish huquqini beradi.

Bojxona to‘lovlari to‘lanishi ta’minlanmagan holda, bojxona to‘lovlarini bo‘lib to‘lash va (yoki) muddatini oltmish ish kunigacha kechiktirgan holda tovarlarni erkin muomalaga chiqariladi. Bojxona to‘lovlari to‘lanishi ta’minlanmagan holda, tovarlarni chiqarishda ularning bojxona qiymatini shartli ravishda aniqlanadi.

Alohida hujjatlar (muvofiqlik sertifikati) mavjud bo‘lmaganda, tovarlarni (oziq-ovqat tovarlari va farmasevtika mahsulotlari bundan mustasno) shartli ravishda chiqarish va hujjatlar keyinchalik oltmish kalendar kun davomida taqdim etiladi. Bojxona to‘lovlari to‘lanishi ta’minlanmagan holda, O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 272-moddasiga muvofiq bojxona yuk deklarasiyasi taqdim etilgunga qadar tovarlarni chiqarib yuboradi.

Tovarlarning Tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi bo‘yicha kodini aniqlash yuzasidan bojxona organi tomonidan tayinlangan ekspertiza yakunlangunga qadar tovarlarni bojxona to‘lovlari to‘lanishini ta’minlash orqali shartli chiqarib yuborish, vakolatli davlat muassasalari bilan operatorlarni o‘zaro tan olish va maxsus soddalashtirishlarni birgalikda qo‘llashni nazarda tutuvchi hamkorlik loyihalarida ishtirok etish huquqiga ega.

Bojxona organlari tomonidan bojxona operasiyalarini amalga oshirish vaqtini qisqartirish va tartibini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshiriladigan tajriba loyihalari sinovlarida ishtirok etish, bojxona masalalarini muvofiqlashtirish va hal qilishda operatorga ko‘maklashish uchun bojxona xizmati organlarining mas’ul xodimi ko‘magidan foydalanish huquqiga ega bo‘ladi.

Bojxona va xavfsizlik masalalari bo‘yicha operator guvohnomasi asosida faoliyat yurituvchi operatorga yuqorida nazarda tutilgan maxsus soddalashtirishlar qo‘llaniladi.

Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan tovarlar bojxona hududiga bojxona bojlari va soliqlar to‘lashdan shartli ozod etilgan holda olib kirilib, qayta ishlash natijasida olingan mahsulotlar eksport yoki erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga rasmiylashtiriladi.

Bojxona kodeksining 70-moddasida tovar bojxona hududiga qayta ishlash va uni qayta ishlash mahsulotlari tarzida olib chiqish maqsadida, bojxona bojlari va soliqlar to‘lashdan shartli ozod etilgan holda olib kirilishi belgilangan. Shuningdek, Kodeksning 81-moddasiga asosan olib chiqiladigan qayta ishlash mahsuloti, qoldiqlar va chiqindilar bojxona bojlari va soliqlar to‘lashdan, shuningdek iqtisodiy siyosat choralari qo‘llashdan ozod etiladi.

Qayta ishlash mahsulotlarini erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirishda bojxona bojlari va soliqlar qayta ishlash uchun olib kirilgan tovarlarning bojxona qiymatidan va (yoki) qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normasiga muvofiq ishlatilgan sonidan hamda tovar erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilgan kuni amalda bo‘lgan, ularga nisbatan qo‘llaniladigan bojxona to‘lovlarining stavkalaridan kelib chiqqan holda to‘lanishi belgilangan.

Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, Kodeksning 71-moddasiga muvofiq tovarlarni qayta ishlash bo‘yicha operasiyalar quyidagilardan iborat. Olib kirilgan tovarni uning dastlabki xossalari va individual ko‘rsatkichlarini o‘zgartirib, lekin qayta ishlash mahsulotida uni identifikasiyalash imkonini beruvchi tovar xususiyatlarini saqlagan holda bevosita qayta ishlash yoki unga ishlov berish, olib kirilgan tovardan foydalangan holda boshqa tovar tayyorlash, montaj qilish, yig‘ish yoki qismlarga ajratish, tovarni ta’mirlash, shu jumladan uni tiklash va tarkibiy qismlarini almashtirishdan iborat.

Qayta ishlash mahsulotlarini ishlab chiqarishga ko‘maklashuvchi yoki ularning ishlab chiqarilishini yengillashtiruvchi boshqa tovarlardan, agar bu tovarlar qayta ishlash jarayonida to‘liq yoki qisman ishlatilsa, xom ashyo sifatida foydalaniladi.

O‘zbekiston Prezidentining 2022 yil 25 apreldagi “Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimi qo‘llanilishini soddalashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni 2-bandi a-kichik bandiga asosan tovarlarni qadoqlash, o‘rash (shu jumladan, qayta o‘rash), saralash, tozalash, boshqa tovarlarga moslashtirish va uskunalarni modernizasiya qilish bojxona hududida qayta ishlash operasiyalari hisoblandi.

Bir so‘z bilan aytganda, vakolatli iqtisodiy operatorlar sonining ortishi mamlakatimizda qonunga itoatkor va halol tadbirkorlarni rag‘batlantirib, ularning safi kengayishiga, pirovardida yurtimizning iqtisodiy rivojlanishiga xizmat qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Million rossiyalik mamlakatni tark etdi

Тадқиқот муаллифларининг таъкидлашича, уруш бошланганидан кейин ҳарбий хизматдан қочишга уринган ва мамлакатни тарк этаётган эркаклар сони сезиларли даражада ошган.

47°C issiqlikda tong ham, tun ham yo‘q: Hindistonning eng issiq hududida bir kun

Ҳиндистоннинг Уттар-Прадеш штатидаги Банда туманида ҳаёт сўнгги ҳафталарда мисли кўрилмаган жазирама иссиқлик шароитида кечмоқда.

O‘zbekiston – Niderlandiya o‘rtoqlik o‘yini Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadi

8 июнь куни футбол бўйича Ўзбекистон миллий терма жамоаси жаҳон чемпионати олдидан сўнгги ўртоқлик учрашувини ўтказади. Рақиб Европанинг етакчи жамоаларидан бири – Нидерландия терма жамоаси бўлади.

O‘zbekistonning "JCH-2026"da guruh bosqichida chiqib ketishi bashorat qilindi

Футбол бўйича таҳлилий тадқиқотлар олиб борадиган Football Meets Data компанияси 2026 йилги жаҳон чемпионатида плей-офф босқичига чиқиш эҳтимоли энг паст бўлган ўнта терма жамоа рўйхатини эълон қилди, деб хабар беради Sports.kz.

Timmi ismli kit bioyoqilg‘iga aylanadi

Бу ҳақда Die Zeit нашри хабар берди.

«Jumanji» aktyori vahshiylarcha o‘ldirildi

Лос-Анжелес полицияси америкалик актёр Жеймс Хэндининг ўлдириб кетилиши юзасидан тергов ҳаракатларини олиб бормоқда.

Jaloliddin Masharipov terma jamoa qaydnomasidan chiqarilmoqda

Жалолиддин Машарипов Ўзбекистон миллий терма жамоаси қайдномасидан чиқарилгани хабар қилинмоқда. Унинг ўрнига Русланбек Жиянов 26 нафар футболчидан иборат якуний рўйхатга киритилиши кутилмоқда.

Andijonda IIB xodimi voyaga yetmagan shaxsning nomusiga tekkanligi aytilmoqda. Gumonlanuvchi 2004 yilgi Olimpiada bronza medali sohibi(?)

Ижтимоий тармоқда ИИБ ходими вояга етмаган шахснинг номусига текканлиги ҳолати юзасидан ҳабар жойлаштирилган.

O‘zbekistonda sel va suv toshqinlari xavfi e’lon qilindi

Тоғ олди ва тоғли ҳудудларда истиқомат қилувчи фуқаролар, дам олувчилар ҳамда тоғли ҳудудларда ҳаракатланувчи ҳайдовчилардан эҳтиёткорлик чораларини кўриш талаб этилади.

19 nafar amaldor ishdan olindi, 36 nafari jazolandi

Натижада 36 нафар ходим интизомий жавобгарликка тортилди, 19 нафар масъул эса лавозимидан озод этилди.

10 ming qadam yurganlarga pul to‘laydigan platforma ishga tushdi

Илова 1 майдан фаолият бошлаган бўлиб, уни App Store ва Play Market орқали юклаб олиш мумкин.

Nurmat Otabekov xantavirus bo‘yicha axborot bilan chiqdi

Шу кунларда ижтимоий тармоқларда дунёнинг айрим мамлакатларида хантавирус инфекцияси тарқалаётгани ҳақида турли хабарлар эълон қилинмоқда. Хўш, у қандай касаллик? Инфекциянинг Ўзбекистонда тарқалиш эҳтимоли борми?

Maktablarda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlari qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Шунингдек, ўқувчиларнинг ота-оналари «Энг фаол ота», «Жонкуяр она», «Масъулиятли ота-она» каби номинациялар ҳамда «Миннатдорчилик хат»лари билан тақдирланиши белгиланган.

O‘zbekistonda yangi ko‘l paydo bo‘ldi

Бухоро вилоятидаги Қизилқум чўли ўртасида тахминан 80 квадрат километр майдонни эгаллаган йирик сув ҳавзаси аниқланди.

O‘zbek futbolchilarining o‘yindan keyin qilgan ishi kanadaliklarni hayratga soldi!

2026 йилги жаҳон чемпионатидаги дебютига пухта тайёргарлик кўраётган Ўзбекистон миллий терма жамоаси жаҳон миқёсида ҳам эътибор ва эътироф қозона бошлади.

Hech qanday mojaro yo‘q... - Kannavaro

Бош мураббийнинг сўзларига кўра, бу одатий текширувлар бўлган.

Putin migrantlar bo‘yicha yana bir qonunni imzoladi

Хабарларга кўра, мигрантларнинг тиббий кўрикдан ўтишдан бош тортгани учун жарималар оширилди

Profilaktika inspektorlari pora bilan qo‘lga tushdi

Инспектор мансабдор танишлари орқали собиқ ички ишлар ходимининг тизимга қайта ишга тикланишида ёрдам бериш эвазига 7 минг АҚШ доллари олган вақтида ашёвий далиллар билан ушланди.

Ukraina “Flamingo” raketalari bilan Cheboksarga zarba berdi

Украина 10 июнга ўтар кечаси дрон ва ракеталар орқали Россиядаги нишонлар бўйлаб зарбалар йўллади.

Aleksandr Vuchich prezidentlik lavozimidan iste’foga chiqishini ma’lum qildi

Вучич, шунингдек, бош вазир лавозимига номзодини кўрсатиш ҳақида ўйлаётганини, амалдаги ҳокимиятдан президентлик лавозимига муносиб ворис излаётганини тан олди.

Tramp Eronga qarshi yangi kuchli zarbalar bilan tahdid qildi

Дональд Трамп АҚШ яқин соатларда Эронга қарши яна бир қатор “жуда кучли зарбалар” бериши мумкинлигини маълум қилди.

Surxondaryoda poyezdda yo‘lovchi ayolga shilqimlik qilgan chipta sotuvchisi 5 sutkaga qamaldi

Жабрланувчининг кўрсатмасига кўра, у манзилга яқинлашганда чипта сотувчиси унинг орқасидан келиб қучоқлаган.

Andijondagi poliklinikada 4 kishi zaharlanib vafot etdi

Фавқулодда вазиятлар вазирлиги матбуот хизмати Марҳаматдаги ҳолатда қутқарувчилар 4 жасадни чиқариб олгани тасдиқлади.

Faqat ovoz va royal: Jon Lejend Samarqandga unutilmas oqshom tuhfa etdi

8 июнь куни Самарқанддаги Регистон майдонида дунёга машҳур қўшиқчи, қўшиқнавис ҳамда «Грэмми», «Оскар», «Тони» ва «Эмми» мукофотлари соҳиби Жон Ледженднинг узоқ кутилган концерти бўлиб ўтди.

Jizzaxdagi parkda attraksion sinishi oqibatida 4 kishi jarohatlandi

Билдирилишича, ҳозирги вақтда жабрланганлар маҳаллий шифохона масъуллари назоратида.

G‘azo vayronalar ostidagi jasadlar sabab kemiruvchilar bosqiniga uchradi — Financial Times

Аҳоли кемирувчилардан ташқари чивин, бурга ва битларга қарши курашишга ҳам мажбур бўлмоқда.

Pokiston Afg‘oniston hududiga havo zarbalari berdi

Покистон Афғонистон билан чегара бўйлаб ҳаво зарбалари уюштирди. Бу ҳужумлар минтақада бир неча ой давом этган нисбий тинчликдан кейин содир бўлди.

Shimoliy Irlandiyadagi pichoqli hujum ortidan muhojirlarga qarshi tartibsizliklar boshlandi

Шимолий Ирландиянинг бир қатор шаҳарларида муҳожирларга қарши оммавий тартибсизликлар юз берди. Намойишлар Белфаст шаҳрида суданлик эркакнинг бир кишига пичоқ билан ҳужум қилгани ҳақидаги хабарлар ортидан бошланган.

O‘zbekiston delegasiyasi Rossiyada bir qator samarali uchrashuvlar o‘tkazdi

Ўзбекистон Республикаси Президенти матбуот котиби Шерзод Асадов бошчилигидаги делегация Россияда ташриф билан бўлди.

Gonkong OAV O‘zbekiston turizmiga yuqori baho berdi: vizasiz rejim va to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar kutilmoqda

“HK TVB News Today” телеканали орқали Гонконг ва Ўзбекистон ўртасида визасиз режим муддати узайтирилаётгани ҳамда икки мамлакат ўртасида тўғридан-тўғри рейслар йўлга қўйилиши кутилмоқда экани, шунингдек, Гонконг сайёҳлик агентликлари икки томонлама туризмни ривожлантиришга умид билан қараётгани ҳақида материал эълон қилинди.

Sud tizimida yangi nazorat mexanizmi: shaffoflik va halollikni ta’minlashning qo‘shimcha kafolati

Президент Фармони билан суд тизимида коррупциявий хавф-хатарларни барвақт аниқлаш ва олдини олишга қаратилган янги механизмлар жорий этилмоқда. Шу мақсадда Олий суд таркибида Комплаенс назорати хизмати ташкил этилиши белгиланган.

Sirdaryoda chiyabo‘ri odamlarga hujum qildi

Битта чиябўри 4 кишига ҳужум қилган. Шу маҳаллада яшовчи эркак тезкор чоралар кўриб, ҳайвонни зарарсизлантирган.

Xalqaro jinoyat sudi prokurori Karim Xonga qarshi tergovda jiddiy qonunbuzarliklar aniqlandi

Associated Press (AP) хабар беришича, Халқаро жиноят суди (ХЖС) прокурори Карим Хонга қарши олиб борилган ички тергов унинг хизмат вазифаларини жиддий бузган бўлиши мумкинлигини кўрсатган.

Istanbulda o‘zbekistonlik 6 yoshli bola tramvay ostida qolib vafot etdi

Аниқланишича, вафот этган фуқаро ота-она ва яқинлари билан бирга Туркияга сайёҳ сифатида келган.

Suriya davlatidagi terrorizmni moliyalashtirishda ayblangan 8 kishi qamaldi

«Саад Мухтор» тахаллусли мазкур шахс Telegram мессенжери орқали Фаластинда жабр кўрган мусулмонларга эҳсон қилиш ниқоби остида пул йиғиш билан шуғулланган.

Samarqandda ayol 7 nafar nevarasiga zo‘ravonlik qilib kelgani aniqlandi

Болалар омбудманининг ИИВ га сўрови асосида болаларни зўравонликдан ҳимоя қилиш ва хавфсизлигини таъминлаш мақсадида уларга ҳимоя ордери тақдим этилди.

Fransiya va Germaniya qo‘shma qiruvchi samolyot loyihasidan voz kechmoqchi

Фридрих Мерц ва Эммануэль Макрон Европа давлатлари учун мўлжалланган олтинчи авлод қирувчи самолётни биргаликда ишлаб чиқиш лойиҳаси бўйича шартномани имзолай олмаслик ҳақида келишиб олгани хабар қилинди.

Netanyahu Isroilning Hizbullohga qarshi operasiyasi davom etishini ma’lum qildi

Исроил Бош вазири Биньямин Нетаньяҳу Хавфсизлик кенгаши йиғилишидан сўнг Исроил Мудофаа кучларининг (IDF) Ливандаги Ҳизбуллоҳга қарши операцияси ҳали якунланмаганини билдирди.

Filippin janubidagi kuchli zilzila oqibatida 19 kishi halok bo‘ldi

Маҳаллий ҳокимият маълумотларига таяниб хабар беришича, жабрланганлар сони 200 нафардан ошган.

Rejimni mustahkamlash va Rossiyani jilovlash: nima uchun Si Szinpin Shimoliy Koreyaga tashrif buyurdi?

Хитой раиси Си Цзиньпиннинг Пхеньянга келган Си Цзиньпин ва Ким Чен Ин икки давлат ўртасидаги «енгилмас дўстлик»ни яна бир бор таъкидлади.