“Vagner” Ukrainadan ketishi mumkin

“Vagner” Ukrainadan ketishi mumkin

“Vagner” tashkiloti asoschisi Evgeniy Prigojin Ukrainadagi "xususiy armiyasi" faoliyatini qisqartirib, e’tiborini yana Afrikaga qaratmoqchi. Bu haqda Bloomberg agentligi manbalarga tayanib xabar bermoqda.

Nashrning yozishicha, Rossiya xavfsizlik kuchlari va siyosiy tizimi Prigojinga tahdid sifatida qaraydi. Hozir u Ukrainadagi urushga asirlarni yollash "taqiqlanganidan" keyin ishchi kuchi va o‘q-dorilar yetishmovchiligiga barham berish uchun kurashmoqda.

Vagnerchilar bir necha oylik janglardan so‘ng Baxmutni qo‘lga kirita olmadi. Shu sababli, oliy qo‘mondonlik Rossiya prezidenti Vladimir Putinda vagnerchilarning iqtidori borasida shubha uyg‘ota oldi. Bloomberg suhbatdoshlariga ko‘ra, koloniyalardagi mahbuslarni yollash vakolati oxir-oqibat Rossiya Mudofaa vazirligiga o‘tkazilgan. Manbalar, shuningdek, Prigojinning erkin qo‘yilgani Kremlni “xavotirga solgani”ni da’vo qilmoqda.

"Hozircha “Vagner” yollanma askarlarining Afrikaga o‘tkazilishi haqida ma’lumotlar yo‘q", deb yozadi Bloomberg. Biroq, jurnalistlar hafta boshida e’lon qilingan xususiy armiyalarga ishga qabul qilish to‘g‘risidagi e’longa e’tibor qaratdilar, unda arizachilar olti oyga Ukrainaga va 9-14 oyga Afrikaga borishga taklif qilingan. Nashrda bo‘sh ish o‘rni aniq qayerda e’lon qilingani ko‘rsatilmagan.

Prigojinning o‘zi Bloomberg nashriga shunday izoh berdi: "Bloomberg nima haqida xabar berishini bilmayman, lekin ular bundan keyin nima qilishimiz kerakligini mendan ko‘ra yaxshiroq bilishadi. Mamlakatimiz bizga kerak ekan, biz Ukraina hududida jang qilamiz”.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!