Uzoq vaqt davom etib kelgan oilaviy kelishmovchilik og‘ir jinoyat sodir etilishiga olib keldi

Uzoq vaqt davom etib kelgan oilaviy kelishmovchilik og‘ir jinoyat sodir etilishiga olib keldi

2023 yil 2 iyun kuni soat 18:30 larda fuqaro X.X. ismli shaxs qasddan jinoyat sodir qilish yo‘liga o‘tib, Buxoro tumani “Gulshanobod” mahallasidagi o‘z uyi oldida Buxoro shahar Mustaqillik ko‘chasida yashovchi fuqaro SH.F. bilan o‘rtalarida ancha vaqtdan buyon davom etib kelayotgan oilaviy kelishmovchiliklar zamirida janjallashib qolib, janjal vaqtida oshxonasidan sovuq qurol sifatida foydalanishi mumkin bo‘lgan oshxona pichog‘ini olib chiqib, SH.F.ning chap tomon yelka qismiga sanchib, unga sud tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra qasddan badanga og‘ir shikast yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 104-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!