O‘zini “payg‘ambar” deb atagan erkak qo‘lga olindi

O‘zini “payg‘ambar” deb atagan erkak qo‘lga olindi

Zimbabveda o‘zini sektaning “payg‘ambari” sifatida ko‘rsatgan 56 yoshli Izmail Chokurongerva yetti nafar sherigi bilan birga “jinoiy faoliyati, jumladan, voyaga yetmaganlarga nisbatan zo‘ravonlik” uchun hibsga olindi. Bu haqda The Guardian'ga tayanib "Daryo" xabar berdi.

O‘zini “payg‘ambar” deb e’lon qilgan erkak poytaxt Xararedan 34 kilometr shimoli-g‘arbda joylashgan fermada yashagan. Uning katta yoshli izdoshlari va 250 dan ortiq bolalar ham u bilan turgan. Bolalar sekta rahbariyatining manfaati yo‘lida har qanday ishni bajargan. Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, qutqarilgan 251 nafar bolaning 246 nafari tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasiz yashagan.

“Maktab yoshidagi barcha bolalar maktabga qatnamagan, hayotiy ko‘nikmalarni o‘rganish bahonasida qo‘l mehnati bilan shug‘ullanayotgan arzon ishchi sifatida tahqirlangan”, — dedi Zimbabve IIB boshlig‘i.

Xavfsizlik kuchlari sekta qarorgohiga bostirib kirib, oq libosli dindor ayollar bilan bahslashgan. Ayollar majmuani “va’da qilingan yer” deb atagan va avtobusga o‘tqazilgan bolalarni zudlik bilan qaytarishni talab qilgan.

“Nega ular bizning bolalarimizni olib ketishyapti? Bu yerda o‘zimizni qulay his qilyapmiz. Bizda muammo yo‘q”, — deb baqirgan ayollardan biri.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!