Uzcard javobgarlikka tortiladi...

Uzcard javobgarlikka tortiladi...

“Yagona umumrespublika prosessing markazi” MCHJ (Uzcard) javobgarlikka tortilishi mumkin. Bu haqda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mita Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha,O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bozorda ustun mavqega ega bo‘lgan “Yagona umumrespublika prosessing markazi” MCHJ tomonidan tijorat banklaridan olinadigan onlayn omonatlar xizmati uchun komissiya o‘rnatilishining maqsadga muvofiqligini o‘rganish bo‘yicha o‘z ishini davom ettirmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 30 martdagi 249-sonli qarori bilan tasdiqlangan tovar bozorida sotiladigan mol (ish, xizmatlar) uchun monopolistik jihatdan yuqori va monopolistik jihatdan past narxlarni aniqlash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga asosan Qo‘mita tijorat banklariga tegishli onlayn omonat xizmatlari uchun komissiya tuzishga tegishli hisob-kitob materiallar va asoslarni talab qildi.

Unga ko‘ra, bugungi kunga kelib “Yagona umumrespublika prosessing markazi” MCHJdan Qo‘mita tomonidan so‘ralgan tegishli ma’lumotlar to‘liq berilmagani sababli, o‘rganish muddatini cho‘zilishiga sabab bo‘lmoqda. “Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, agar, “Yagona umumrespublika prosessing markazi” MCHJ tomonidan so‘ralgan ma’lumotlar taqdim etilmasa, O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunning 27-moddasiga binoan, mazkur xo‘jalik yurituvchi sub’ektning ma’muriyati ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkin”, deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!