O‘zbekistonning BMT va uning tuzilmalari bilan hamkorligi yangi bosqichga ko‘tarildi

O‘zbekistonning BMT va uning tuzilmalari bilan hamkorligi yangi bosqichga ko‘tarildi

Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Nyu-Yorkda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining o‘rinbosari, BMTning aksilterror boshqarmasi boshlig‘i Vladimir Voronkov bilan uchrashdi. Bu haqida TIV xabar berdi.

Suhbat davomida tomonlar so‘nggi yillarda O‘zbekistonning BMT va uning tuzilmalari bilan hamkorligi amaliy mazmun bilan boyigani hamda sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilganini mamnuniyat bilan ta’kidlashdi.

Turli sohalarda, shu jumladan BMTning Markaziy Osiyoda global terrorizmga qarshi strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Qo‘shma harakatlar rejasi va Ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha "Yo‘l xaritasi" doirasida aloqalarni yanada mustahkamlash imkoniyatlari mavjudligi qayd etildi.

Voronkov mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni, respublikaning xalqaro va mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish borasidagi faol sa’y-harakatlarini yuqori baholadi.

O‘zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkilotidagi muvaffaqiyatli raisligi va yaqinda Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan tashkilotsSammitining salmoqli natijalar bilan yakunlangani e’tirof etildi.

O‘zbekistonning mintaqada va mamlakatda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashi, bag‘rikenglik, dinlararo va madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish, yoshlar bo‘yicha samarali siyosatini amalga oshirish, mojaroli hududlardan ayollar va bolalarni qaytarish va ularni jamiyatiga integrasiyalashuvini ta’minlashdagi yutuqlari ham qayd etildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!