O‘zbekistonning bir nechta viloyati chigirtkaga qarshi kurash boshlagan

O‘zbekistonning bir nechta viloyati chigirtkaga qarshi kurash boshlagan

Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro, Jizzax, Toshkent, Namangan viloyatlarida chigirtkaga qarshi kurash ishlari olib borilmoqda.

Bahor-yoz mavsumida respublikamiz hududlarida FVV rahbarligida tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda zararli chigirtkaga qarshi kurashish ishlari har yili tizimli ravishda amalga oshiriladi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar bermoqda.

Xususan, mavsum boshlanishidan oldin hasharotlar tarqalish imkoni mavjud bo‘lgan joylar aniqlanib, maxsus texnikalar yordamida kimyoviy ishlovlar amalga oshirilib kelinmoqda. Ayni kunlarda bunday ishlar Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro, Jizzax, Toshkent, Namangan viloyatlarida olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!