O‘zbekistonlik yigit Ukrainadagi urushda halok bo‘ldi

A A A
O‘zbekistonlik yigit Ukrainadagi urushda halok bo‘ldi

23 yoshli O‘zbekiston fuqarosi SH. Tojiboyev Ukrainadagi jangovar harakatlarda qatnashayotgan vaqtida halok bo‘ldi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd qilinishicha, yigit Rossiyaga ishlash uchun borib, kafe ochgan, mashina olishga muvaffaq bo‘lgan. Rossiya-Ukraina chegarasiga odam olib ketayotganda mashinasidan geroin bilan qo‘lga tushgan. Shundan so‘ng, SH.Tojiboyev Rossiyada qamalgan. Jazo muddatini o‘tayotgan paytida Ukrainada olib borilayotgan urush uchun «safarbar qilingan». U yerda halok bo‘lib, jasadi O‘zbekistonga yuborilgan.

Marhumning onasi uni armiyada xizmat qilmagani, qurol ushlashni bilmasligini aytib kuyundi.

«Men hech qanday xizmat qilmayman, odam o‘ldirmayman, onajonim, men bormayman, desam ham majburlashdi», deb o‘g‘lining so‘zlarini keltirdi ona.

Ayol o‘g‘lining jasadi O‘zbekistonga keltirilganini tasdiqladi.

«Hech kimga bu kunni ravo ko‘rmayman. Farzandlaringizni ehtiyot qilinglar, ishlagani ketyapti demanglar, tuhmat qilisharkan», deb murojaat qildi u boshqa ota-onalarga qarata.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!