O‘zbekistonlik shaxs Qozog‘istonda polisiyachining qurolini o‘g‘irladi

O‘zbekistonlik shaxs Qozog‘istonda polisiyachining qurolini o‘g‘irladi

Qozog‘istonning Ostona shahrida O‘zbekiston fuqarosi polisiya bo‘limidagi hojatxonada unutib qoldirilgan qurolni o‘g‘irladi. Voqea 2022 yilning 19 sentyabr kuni sodir bo‘lgan.

O‘zbekiston fuqarosi Qozog‘istondan chiqarib yuborilishi bo‘yicha suhbatdan o‘tish uchun polisiya bo‘limiga chaqirtirilgan. Polisiya bo‘limiga tashrif buyurgan erkak hojatxonaga kirib, shu yerda ishlovchi xodim tomonidan unutib qoldirilgan to‘pponcha va uning patronlarini topib olgan. Shundan so‘ng o‘zbekistonlik erkak qurolni olib, milisiya bo‘limini tark etgan.

«Ma’lum bo‘lishicha, navbatchi milisiya xodimi qurolni unutib qo‘ygan, u hojatxonaga kirib, qurol bilan belbog‘ni yechib, polga tashlab ketgan», deyiladi xabarda.

Ma’zkur holat yuzasidan Ostona shahri Yesilskiy tuman sudi tomonidan O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan sud hukmi o‘qilgan. Unga ko‘ra, sudning qarori bilan ayblanuvchi Qozog‘iston Jinoyat kodeksining 291-moddaning 1-qismi (Qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar va portlovchi qurilmalarni o‘g‘irlash yoki tovlamachilik) va 287-moddaning 3-qismi (Qonunga xilof ravishda qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalarni olish, o‘tkazish, sotish, saqlash, tashish yoki olib yurish) bilan aybdor deb topilgan hamda uch yillik qamoq jazosiga hukm qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!