O‘zbekistonlik harbiy merganlar Turkiyada o‘tkazilgan xalqaro musobaqada ikkinchi bo‘ldi

O‘zbekistonlik harbiy merganlar Turkiyada o‘tkazilgan xalqaro musobaqada ikkinchi bo‘ldi

Turkiya Respublikasida «Eng ilg‘or mergan» musobaqasi o‘tkazildi. 13 davlatning 40 dan ortiq jamoasi ishtirokidagi bellashuvlarda O‘zbekiston Mudofaa vazirligining merganlari ham munosib qatnashdi.

O‘zbekistonlik harbiy merganlar Turkiyada o‘tkazilgan xalqaro musobaqada ikkinchi bo‘ldi

Turkiyaning Isparta shahridagi «Komando» o‘quv mashqlari markazida o‘tkazilgan «Eng ilg‘or mergan» musobaqasida Ispaniya, Pokiston, Qatar, Birlashgan Arab Amirliklari singari o‘ndan ortiq davlat vakillari, shuningdek, O‘zbekiston Mudofaa vazirligining ikki jamoasi ishtirok etdi.

Musobaqada 14 ta shart bo‘yicha bahs olib borildi. Jumladan, «Qayiqdan va minoralardan o‘q otib orolni himoya qilish», «Vertolyot va yerdan jang olib borib, yaradorni evakuasiya qilish», «Harakatlanuvchi nishonlarni pistoletda yakson etish», «Tungi vaqtda magnit azimuti bo‘yicha harakatlanish» kabi qator shartlar real jang sharoitiga yaqinlashtirilgan holda olib borildi.

O‘zbekistonlik harbiy merganlar Turkiyada o‘tkazilgan xalqaro musobaqada ikkinchi bo‘ldi

Xabarga ko‘ra, o‘zbekistonliklar «Tog‘dan qiyalikka qarab jang olib borish», «Zararlangan hududda gazniqob taqib, nishonlarni mo‘ljalga olish» shartida barcha jamoalarni ortda qoldirib, rekord natijaga erishgan.

10 kun davom etgan musobaqada birinchi va uchinchi o‘rinni turkiyalik harbiylar, ikkinchi o‘rinni O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari qo‘lga kiritgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!