O‘zbekistonlik bokschidan "kaltak yegan" amerikalik shifoxonaga olib ketildi

O‘zbekistonlik bokschidan "kaltak yegan" amerikalik shifoxonaga olib ketildi

Kecha Yekaterinburgda o‘zbekistonlik Bahodir Jalilovdan nokautga uchragan amerikalik bokschi Richard Torres jangdan so‘ng shifoxonaga tushib qoldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, Torres jangdan so‘ng o‘z oyog‘i bilan tez yordam mashinasigacha yetib borgan va unda Yekaterinburg klinikalaridan birga olib borilgan.

Ma’lumot uchun, Bahodir Jalilov Yekaterinburgda bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha Jahon chempionatining eng og‘ir 91+ kg vazn toifasida ishtirok etmoqda. Kecha o‘zbekistonlik bokschi chork final bahsi uchun amerikalik bokschi bilan ringga chiqqan edi. Bahodir Jalilovning to‘liq ustunligida o‘tgan jang 1 raunddayoq nokaut bilan yakunlangan edi.

Eslatib o‘tamiz, 18 sentyabr kuni Yekaterinburgda bo‘lib o‘tgan chork final bahslarida besh nafar o‘zbekistonlik bokschilar yarim final yo‘llanmasini olishdi: 52 kg vazn toifasida Shahobiddin Zoirov, 57 kg - Miraziz Mirzahalilov, 69 kg - Bobousmon Baturov, 81 kg - Dilshodbek Ro‘zmetov va +91 kg - Bahodir Jalolov.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!