O‘zbekistonga besoqolbozlikni singdirish signallari kelmoqda

A A A
O‘zbekistonga besoqolbozlikni singdirish signallari kelmoqda

Bachchabozlik madaniyati olib kirilyapti, biz ikkinchi va uchinchi bosqich o‘rtasida turibmiz...

Besoqolbozlik – qo‘poruvchilik boshlangani haqidagi dahshatli signaldir...

OITSga qarshi kurash niqobi ostida onglar yovuzlikka ishlatilmoqda...

Maqsad insonni shaxs emas, maxluq sifatida rivojlantirish...

E’tibor berilsa, keyingi paytlarda bir qator OAV va ijtimoiy tarmoqlarda Jinoyat kodeksining 120-moddasi (besoqolbozlik) masalasida fikrlar baralla yangray boshladi.

Dastlab feysbukdagi ayrim sahifalarda go‘yoki, gomoseksualizm to‘g‘risida odamlarning fikrini o‘rganish maqsadida turli so‘rovnomalar joylashtira boshlandi.

Ulardan biri “Farzandingiz uyga kelib, o‘zini noan’anaviy oriyentasiya vakili ekanini aytsa, sizning reaksiyangiz qanday bo‘ladi?” degan savol edi.

Albatta, ushbu muhokamalarda besoqolbozlik to‘g‘risida aksar salbiy fikrlar aytiladi, qoralanadi va la’natlanadi. Lekin... bahslar oqlash yo qoralash uchun emas, shu mavzu haqida ko‘proq o‘ylash va gapirish uchun tashkil etilyapti-da. Bu respublikamizga qarshi dahshatli ma’naviy qo‘poruvchilik boshlangani haqida signaldir.

Azaldan boshqa mamlakatni tobe qilish uchun uning xalqini ma’naviyatini yemirish, ma’naviy qullikka solish, umuman begona xalq ongi, shuuri, qalbini zabt etish muhimligi haqidagi nazariyalar haqida eshitganmiz. Jafokash xalqimiz ma’naviyatimizga tajovuzlarni ko‘p bora boshidan kechirgan va ularning asoratlari hali bitgani, unutilgani yo‘q.

Zamonaviy psixologiya, sosiologiya yutuqlari, imkoniyatlari bugungi kunda nafaqat ezgulik yo‘lida, balki yovuzlik yo‘lida ham ishlatilmoqda. Bugun asosiy urush onglarda, tafakkurda kechyapti.

Endi mamlakatlarning hududini emas, ular aholisining ongini zabt etish bosh maqsadga aylangan. Bunda avvalo, ma’naviy qadriyatlarga zarba berish maqsad qilib olingan.

Bunda ularga “Overton darchasi” yordam beryapti.

 

“OVERTON DARCHASI” NIMA?

Muayyan bir jamiyatga uning axloqiga butunlay yot, jirkanch g‘oyani olib kirib, jamiyat tomonidan unga nisbatan xotirjam munosabatni shakllantirish, jamoatchilikning shu narsani me’yoriy hol sifatida qabul qilinishiga erishish uchun siyosiy texnologiyalardan biri – “Overton darchasi” nazariyasidan foydalanadilar.

Bu nazariyani amerikalik sosiolog Jozef P. Overton bayon qilgan, olim vafot etgach, nazariyaning nomi ham uning sharafiga “Overton” nazariyasi deya nomlangan.

Overton o‘z nazariyasida begona g‘oyalarning jamiyatga qanday qilib yetkazib berilishi va jamoatchilik nuqtai nazaridagi “og‘ish burchagiga” qanday erishilishi haqida so‘zlab beradi.

Overtonga ko‘ra, yangi g‘oyalarni singdirish va qabul qildirish quyidagi bosqichlarda kechadi:

· G‘oya hatto o‘ylab bo‘lmaydigan darajada tabu.

· Radikal ravishda rad etiladi.

· O‘ylab ko‘rsa bo‘ladi.

· Asosi bor, bekor gap emas.

· Odatiy narsa.

· Rostdan ham shunday.

Sinchkovlik bilan e’tibor berilsa, bu jarayon shunchaki sodir bo‘layotgani yo‘qdek, uning ortida ijtimoiy fikrga ta’sir qilishga yo‘naltirilgan ma’lum bir boshqariladigan, muvofiqlashtirilayotgan kuchlar turgandek.

Bugungi kunda xuddi shu tarzda bachchabozlik madaniyati bizga olib kirilyapti. Biz hozir ikkinchi va uchinchi bosqich o‘rtasida turibmiz. Ya’ni bir guruh odamlar bachchabozlikni qattiq qoralaydi, boshqa guruh esa “nega shunday bo‘ladi?”, “sababi nima?”, “tagini surishtiraylik”, “bular ham bilmasa gapirmas”, deya ikkilana boshlagan. Bu hol ijtimoiy tarmoqdagi muhokamalar va bahslarda yaqqol ko‘rinib turibdi. Demak, O‘zbekistonda bachchabozlik g‘oyasi uchun allaqachon “Overton tuynugi” ochilgan, deyishga asos bor.

 

NIMA QILMOQ KERAK?

Overton o‘z nazariyasida bu tuynukka qarshi qanday choralar bilan kurashishni ham aytib o‘tgan.

Birinchi chora – bu hammaga o‘xshash, o‘rtacha bo‘lishga intilmay (ya’ni taqlid qilmay), o‘z individualligini saqlab qolish. Bizning vaziyatda bu milliy va diniy qadriyatlarimizga sodiqlikni anglatadi.

Olaylik, maktablarda jinsiy tarbiya ma’ruzalarini o‘tish bahonasida go‘yoki, ma’rifat darslarini tashkil etib, turli saqlanish vositalarini tushuntirish orqali faol va betartib jinsiy hayot targ‘ib qilinadi.

Aslida o‘zbeklarda jinsiy tarbiya maktabi bor, faqat bu o‘ziga xos, pinhona tarzda olib boriladi. Bu yerda mavzuni hadeb muhokama qilaverish emas, ma’lumotni chiroyli va iboli tarzda onalardan qizlarga, opalardan singillarga, jo‘ralar orqali bo‘z yigitlarga yetkazish an’anasi mavjud.

Bu bizning qadriyatimiz, individualligimizdir. Nega buni g‘arbona ochiq jinsiy tarbiya darslariga aylantirib, o‘g‘il va qiz bolalarni yonma-yon o‘tqazib qo‘yib, bu haqida og‘iz ochishdek surbetlikka yo‘l qo‘yishimiz kerak?

O‘z vaqtida Adliya vazirligi tomonidan vakolatli tashkilotlar bilan birgalikda LGBTni legalizasiya qilishga bo‘lgan har qanday harakat ustalik va tezkorlik bilan bostirilgan edi.

Shuni ta’kidlash kerakki, vazirlikning jamoat boshqarmasi ayrim xalqaro va xorijiy tashkilotlardan moliyalashtiriladigan nohukumat tashkilotlar tomonidan OITSga qarshi kurash niqobi ostida LGBT g‘oyasini himoya qilish, targ‘ib etish va qonuniylashtirish harakatlarining har qanday ko‘rinishlarini o‘z vaqtida aniqlar va ularni yo‘q qilishga qaratilgan barcha choralarni ochiq va zimdan tezkorlik bilan ishga solardi.

Biz mamlakatning oddiy fuqarosi sifatida adliya organlari bugun ham “ko‘zga ko‘rinmas” front chiziqlarida urushni davom ettirayotganini his qilib turibmiz.

Biroq bu nafaqat mazkur tashkilotning ishi, balki har bir yurtdoshimiz bong uradigan, qarshi kurashadigan masaladir. Buning uchun zamonaviy ijtimoiy texnologiyalar, psixologik nazariyalardan xabardor bo‘lgan tuzilmalarga ehtiyoj mavjuddek ko‘rinadi.

Endilikda ham yot g‘oyalarga qarshi kurashdan to‘xtamaslik, uni yangi bosqichga olib chiqish lozim. Chunki u g‘oyalarni shunday yashirin, maftunkor va zimdan ishlab chiqilgan usullar bilan singdirilyaptiki, hushyorlikni oshirmasak bo‘lmaydi.

Keyingi chora – evfemizm va tushunarsiz imo-ishoralardan voz kechib, haqiqatni boricha aytish. Masalan, kimdir bir besoqolbozning o‘limi mavzusi bilan spekulyasiya qilib, 120-moddani JKdan chiqarib tashlashni tavsiya qiladi. Diqqat: Overton darchasi ochildi!

Shunday vaziyatda savolni ochiq qoldirish yoki turlicha talqin qilish mumkin bo‘lgan (evfemizm) ishoralar bilan passiv qarshilik qilish bu taklifga yashash huquqini berishdir. O‘sha joyidayoq “Siz demokratiyani bahona qilib, besoqolbozlik mavzusida Overton tuynugini ochmoqchisiz. Aslida, demokratiya ko‘pchilik fikrining ozchilikdan ustunligi emasmi? Shunday ekan, besoqolbozlikka millatimizning ko‘pchilik qismi qarshi bo‘lgani holda demokratik asoslarga ko‘ra u bizning milliy qadriyatlarimizning bir qismiga aylana olmaydi”, deya gapni ochiq aytib, mavzuni o‘sha yerda uzil-kesil yopish lozim.

 

XULOSALAR VA TAVSIYALAR

Yuqoridagilardan quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin:

1. Bizda allaqachon turli zararli ijtimoiy manipulyasion texnologiyalar amalda qo‘llana boshlagan. Shulardan biri “Overton darchasi” nazariyasi bo‘lib, undan bachchabozlik g‘oyasini keng yoyish va qabul qildirish uchun foydalanilayotganiga ko‘plab aniq dalillar bor. Ahvol shunday davom etaversa, biz yurtimizda ilk bor muvaffaqiyatli amalga oshirilgan “Overton darchasi” amaliyotiga guvoh bo‘lishimiz mumkin.

Birinchi tavsiya har bir insonga – ogoh bo‘ling!

2. Ushbu nazariyani amalga oshirishda millatimizning ojiz tomonlaridan foydalanishyapti, ya’ni birovlarning aybini gapirishda juda o‘zimizga erk berishimiz, muhokamada faol bo‘lishimiz, g‘iybatni yaxshi ko‘rishimizdan.

Albatta, bachchabozlik tariximizda bo‘lgan, lekin bu mavzu hech qachon bozorda jar solinmagan, matbuotda muhokama qilinmagan, televideniyeda bunday holatlar ko‘rsatilmagan, filmlar va badiiy asarlarga qahramon qilib olinmagan. Endi bo‘lsa, salbiy bo‘yoqda bo‘lsa ham, bu mavzu ko‘p yoritilyapti. Bachchabozlikka qo‘yilgan tabu olib tashlandi! Aslida tabu tabuligicha qolishi kerak. Bu haqida gapirilgani sayin “Overton darchasi” kengroq ochilaveradi.

Ikkinchi tavsiya OAV va blogerlarga – ushbu mavzuni qat’iy tabu ostiga qo‘yaylik!

3. Bu shunchaki ma’naviy qo‘poruvchilik emas, balki siyosiy diversiya hamdir. Masalan, bir paytlar tamaki va spirtli ichimliklarni yashirin yo oshkora targ‘ib qilish, fohishalikka ko‘z yumish, hatto uni oqlash orqali ommaning ongini falajlashga harakatlar bo‘lgan, hatto bu harakatlar ma’lum o‘rinlarda muvaffaqiyat qozongan ham. Maqsad insonni shaxs emas, jonzot, maxluq sifatida rivojlantirish, instinktlariga ko‘proq bo‘ysunishga o‘rgatish, uni ma’nan cho‘ktirish, jismga qul qilish edi. Bu ish endi gomoseksualizmni singdirish orqali amalga oshirilmoqchi. Chunki inson bu illatlarga ruju qo‘ygandan keyin, unda davlatchilik, vatanparvarlik, o‘zligini saqlashga, sha’nini himoya qilishga intilish kabi ma’naviy fazilatlar yo‘qoladi. O‘ziga jismoniy lazzat olib kelayotgan narsalarga oson ruxsat beradigan siyosat va mafkuraga ergashish uchun hamma narsaga tayyor bo‘lib qoladi. Bunday fikrlaydigan xalqni har tomonga yetaklash oson bo‘ladi.

Uchinchi tavsiya hammaga – ongingizni, o‘zligingizni muhofaza qiling!

O‘zbek xalqi o‘z tabiati va milliy an’analariga qarshi bora olmaydi. Besoqolbozlik insoniyat naslining, hayotning bardavomligiga barham berish uchun da’vatdir. Inson fitratiga qarshi isyondir. Biz bu da’vatni qabul qilmaymiz va unga yo‘q deymiz. Biz umuminsoniy va milliy qadriyatlar tomonidamiz.

 

Mirkomil SOBITOV, tahlilchi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

“UzAuto Motors” yangi to‘lov shartlarini e’lon qildi

“UzAuto Motors” 2025 йил 21 июлдан бошлаб мижозларга Chevrolet Onix, Tracker ва Damas моделдаги автомобилларни янги шартларда харид қилиш имконини тақдим этмоқда.

Namanganlik otaxon rekord jarimani «ishlab oldi»

Наманган вилоятида «Gentra» русумли автотранспорт воситасида 82 маротаба йўл ҳаракатлари қоидаларини бузган отахоннинг машинаси хатланди.

Mahmud Muradov: "Taxminan 700 ming AQSh dollari minusga kirdim"

Muradov Professional League ММА ташкилоти нима учун мусобақалар ташкил қилмаётганининг сабаби ҳам айтилди.

Ayrim maktablarda qizlarga yubka kiyish taqiqlandi. Ota-onalar norozi!

Таълим вазирлиги ота-оналарнинг шикоятларига жавоб берди.

Yaqin oylarda Ukraina yangi prezidentga ega bo‘ladi

Зеленский ўз лавозимидан "зўрлик билан" четлаштирилиши мумкинлигини айтди

Isroil Rossiyani Eronga havo hujumidan mudofaa tizimlarini yetkazib berishdan tiyilishga chaqirdi

Исроил молия вазири Элькин Россиядан Эронга ҳаво ҳужумидан мудофаа тизимларини етказиб бермасликни сўради.

Pashinyan: Armaniston Qorabog‘ Ozarboyjonniki deya tan olishda kech qoldi

Арманистон Бош вазири Никол Пашинян Қорабоғ масаласида ўзининг сиёсий қарорини кеч қабул қилганини тан олди. Унинг таъкидлашича, мазкур қадамда кечикканлик минтақавий зиддиятларни чуқурлаштирди.

Evropa nega Rossiyaga qo‘llayotgan sanksiyalarni Isroilga ham joriy etmayapti?

Мерц Европа нега Россияга қўллаётган санкцияларни Исроилга ҳам жорий этмаётганини тушунтирди.

Husanovning "Siti"dagi eng yaqin do‘sti jamoadan ketmoqda

"Манчестер Сити" марказий ҳимоячиси Витор Рейс фаолиятини Испанияда давом эттиради.

TNT Sports "Oltin to‘p"ga da’vogarlar reytingini taqdim etdi: Dembele kuchli uchlikdan chiqib ketdi

Машҳур TNT Sports портали июль ойи ўрталарида 2025 йилги "Олтин тўп" учун асосий даъвогарларнинг янги рейтингини эълон қилди.

Kecha O‘zbekistonda eng issiq harorat rekordi yangilandi!

Бу хақда Ўзгидромет хабар бермоқда.

Toshkentda andijonlik "dostavkachi" yigitni zo‘rlagan 2 nafar ayol qamaldi

31 ёшли С.А. пиццани олиб қўлига доставкачига пул тутқақазади ва уйга таклиф қилади.

Ayollarning pensiya yoshi yana 6 oyga oshirildi

Низом 1 июлдан кучга кирди

Mashhur bloger Abduroziq Dubay aeroportida hibsga olindi

Расмий идоралар ҳозирча бу ҳодисага изоҳ бермаган ва иш тафсилотларини ошкор қилмаган.

Abduqodir Husanovning "Manchester Siti"dagi kelajagi oydinlashdi

Тармоқда Абдуқодир Ҳусанов Манчестернинг бошқа бир жамоасига ўтиши ҳақида хабарлар тарқалганди.

Hindiston o‘z talabalariga O‘zbekistondagi universitetda o‘qishni taqiqladi

Душанба куни Ҳиндистон Тиббиёт Кенгаши (NMC) тиббиёт йўналишидаги абитуриентларга Марказий Америкадаги учта ва Ўзбекистоннинг бир тиббиёт университетига бакалавриат даражасида тиббий таълим олишдан қатъий тийилишни қатъий тавсия қилди.

Madaniyat vaziri korrupsiyada ayblanib sudga tortiladi

Маданият вазири коррупция ва мансаб ваколатини суиистеъмол қилишда айбланиб судланади.

Abduqodir Husanov “Real” futbolkasiga imzo qo‘yishdan bosh tortib, “Manchester Siti” fanatlarining qalbini zabt etdi

Абдуқодир Ҳусанов июнь ойидаги ФИФА кунлари доирасида Тошкентга келганида мухлисларга имзо тарқатда, улар билан суратга тушди.

Angrenda 14 yoshli qiz 4 nafar yigit tomonidan zo‘rlandi

Мазкур ҳолат Болалар омбудсмани ва Ижтимоий ҳимоя миллий агентлиги томонидан алоҳида назоратга олинган.

Chiqindi qarzdorligi va elektrga to‘lov: Senat ikki vazirlikni tanqid qildi va...​​​​​​​

2024 йилги қонунчилик ўзгаришларига биноан, 1 августдан бошлаб чиқинди хизмати учун қарздор истеъмолчилар ҳар ойнинг 5-санасигача СМС-хабар олади.

Бу ҳақда АҚШ давлат котиби Марко Рубио ижтимоий тармоқда ёзди.

G‘azoda ochlik xavfi: 100 dan ortiq insonparvarlik tashkiloti ogohlantirdi

Ғазо секторидаги очлик хавфи борасида “Save the Children”, “Chegarasiz шифокорлар” каби йирик ташкилотлар ҳам иштирок этган 100 дан ортиқ инсонпарварлик гуруҳи қўшма баёнот билан чиқди.

Ukrainada korrupsiyaga qarshi organlar vakolatlari cheklanishiga qarshi norozilik namoyishlari o‘tkazildi

Украина пойтахти Киев ва мамлакатнинг бир қатор шаҳарларида "Миллий коррупцияга қарши кураш бюроси" (НАБУ) ҳамда "Махсуслаштирилган коррупцияга қарши прокуратура" (САП) ваколатларини чекловчи қонунга қарши оммавий норозилик намойишлари бўлиб ўтди.

Rossiya va Ukraina uchrashuvlarining uchinchi raundida tinchlik shartlari muhokama qilinadi

Истанбул Россия ва Украина ўртасида 2022 йил 24 февралда бошланган урушни тугатиш мақсадидаги тўғридан-тўғри музокаралар майдони бўлиб қолмоқда. Томонлар учинчи раундни ўтказишга ўзаро розилик берган.

G‘azoda Isroil hujumi oqibatida 8 nafar falastinlik halok bo‘ldi

Бу ҳақда WAFA ахборот агентлиги хабар берди.

Er tezroq aylana boshladi – tadqiqot

Сайёра тезроқ айланмоқда, 10 июль йилнинг энг қисқа куни бўлди, у стандарт 24 соатдан 1,36 миллисонияга камроқ давом этди. Бу ҳақда DW халқаро Ер айланиш хизмати ва АҚШ ҳарбий-денгиз обсерваториясига таяниб хабар бермоқда.

O‘zbekistonliklar 1 milliarddan oshiq pulini Labubuga ishlatib yuborishdi

Жаҳон маркетплейсларида мазкур ўйинчоқ 22 доллардан 900 долларгача сотилмоқда. Миллий маркетплейсда эса мазкур ўйинчоқларни 45 минг сўмдан топиш мумкин.

Toshkent viloyatida YPX mashinasi ishtirokida YTH yuz berdi

ЙҲХБ хабарига кўра, ҳар иккала ҳолатда ҳам ҳаракат иштирокчиларининг соғлиғига зиён етмаган.

Ukrainada Mirage 2000 qiruvchi samolyoti qulab tushdi

Украина ҳарбийларининг маълумотига кўра, парвоз вақтида авиация техникасида носозлик юзага келган.

Toshkentda samolyot bortida yo‘lovchi ayolga shahvoniy shilqimlik qilgan erkak qamaldi

Аёл эса эркакка бу ҳаракатларини тўхтатишини ва ўзини тўғри тутиши кераклигини айтишига қарамасдан, у ўз ҳаракатларини давом эттирган.

Qibrayda qurilish mollari do‘konida yong‘in chiqdi

Хабарга асосан, ёнғинни ўчириш учун 5 та ёнғин-қутқарув экипажлари соат 10:57 да воқеа жойига бориб, 11:17 да ўраб олинган ва ёнғин соат 11:50 да тўлиқ ўчирилган.

Rossiya radikal kanallarga obuna bo‘lgan xorijlik fuqarolarini mamlakatga kiritmayapti

Россия чегарачилари сўннги пайтларда Ўзбекистон ва Тожикистон фуқароларини радикал диний каналларга обуна бўлгани учун мамлакатга киритишдан бош тортмоқда. Бу ҳолат ТАСС агентлиги ўрганган 20 дан зиёд суд материалларида қайд этилган.

Erondagi jazirama suv va elektr tanqisligiga olib keldi

Эронда кузатилаётган ғайритабиий иссиқ об-ҳаво туфайли сув омборларидаги сув сатҳи сўнгги бир асрдаги энг паст даражага тушди. Бу эса мамлакат бўйлаб сув ва электр таъминотида жиддий узилишларга сабаб бўлмоқда.

Isroil mudofaa kuchlari so‘nggi 24 soat ichida G‘azoda HAMASga tegishli o‘nlab manzillarni yo‘q qildi

Бу ҳақда “Report” нашри IDF матбуот хизматига таяниб хабар қилди.

Erdo‘g‘an: G‘azodagi genosidga sukut qilish – jinoyatga sheriklikdir

Туркия Президенти Ражаб Тоййиб Эрдўған Истанбулда бўлиб ўтаётган IDEF-2025 мудофаа кўргазмасида нутқ сўзлар экан, Ғазода рўй бераётган воқеаларга нисбатан жаҳон ҳамжамиятининг сукутини қаттиқ танқид қилди.

Tramp: Obama va demokratlar Rossiyaning 2016 yilgi saylovlarga aralashuvi haqidagi ishni soxtalashtirgan

АҚШнинг собиқ президенти Дональд Трамп Барак Обамани 2016 йилги президентлик сайловларида Россия уни қўллаб-қувватлагани ҳақида жамоатчилик фикрини атайлаб шакллантирганликда айблади.

O‘zbekistonda yozgi elektr iste’moli qishki ko‘rsatkichdan ham oshib ketdi

2025 йил 16–21 июль кунлари давомида кузатилган жазирама иссиқ сабабли мамлакатимиз энергетика тизимида янги тарихий рекорд қайд этилди.

DXX: 22 kg.dan ortiq giyohvandlik vositalari musodara qilindi

Ҳозирда барча ҳолатлар юзасидан мазкур шахсларга нисбатан жиноят ишлари қўзғатилиб, қамоқ эҳтиёт чораси қўлланилди.

Texasdagi toshqindan so‘ng yo‘qolganlarning aksariyati topildi

Бу ҳақда CNN телеканали маҳаллий ҳокимиятга таяниб хабар берди.

Suriyaning As-Suveyda viloyatidagi to‘qnashuvlarda 426 kishi halok bo‘ldi

Бу ҳақда Сурия Инсон ҳуқуқлари тармоғи (SNHR) ўз ҳисоботида маълум қилди.