O‘zbekistondagi qator arxeologiya yodgorliklari hojatxona, issiqxona qurish uchun qisman buzilgani aniqlandi

O‘zbekistondagi qator arxeologiya yodgorliklari hojatxona, issiqxona qurish uchun qisman buzilgani aniqlandi

Prokuratura organlari tomonidan Madaniy meros agentligi bilan birgalikda tarixiy yodgorliklarni muhofaza qilish va saqlashga qaratilgan tizimli nazorat tadbirlari natijasida bir qator arxeologiya yodgorliklari yo‘qotilishi oldi olindi.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining xabar qilishicha, hududlarda o‘tkazilgan tekshirishlarda 12 ta arxeologiya yodgorliklariga zarar yetkazilgani aniqlandi

Xususan:

  • Qashqadaryoda “Kofirtepa-2” (VII – XIII asrga oid) yodgorligining 2,4 kub metr, “Beshteraktepa”ning (IX – XII) 6 kub metr hamda “Xontepa”ning (XI – XIII) 189 kub metr qismi uy-joy;
  • Jizzaxda “Tomoshotepa-2” (IV – V) yodgorligining 14 kub metr qismi hojatxona hamda “Qoratepa”ning (V – VI) 30 kub metr qismi issiqxona;
  • Sirdaryoda “Hashartepa” (IX – XII) yodgorligining 6,4 kub metr qismi hojatxona va hammom;
  • Navoiyda “G‘azg‘ontepa” yodgorligining 16 kub metr qismi mobil kompaniya antennasi, “Nonvoylartepa-2”ning 5,3 kub metr, “Kaltepa”ning (V – VIII) 23 m3 hamda “Yashiltepa”ning (III – XI) 20 kub metr qismi xo‘jalik inshootlari;
  • Toshkent viloyatida “Nomsiztepa-1” yodgorligining 15 kub metr qismi hojatxona, “Nomsiztepa-2”ning 1,92 kub metr qismi issiqxona qurish uchun qisman buzilgan.

Yuqoridagi jami 12 ta yodgorlikka 8,3 milliard so‘mlik zarar yetkazilgan bo‘lib, holat yuzasidan, jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilib, nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!