Ertaga, 24 oktyabr kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
“O‘zgidromet” 24 oktyabr uchun ob-havo prognozini e’lon qildi. Unga ko‘ra, payshanba kuni ayrim hududlardagina yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Toshkent shahrida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi.
- Harorat kechasi 5-7 daraja iliq, kunduzi 15-17 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.
- Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 14-19 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metr/sekund gacha kuchayishi mumkin.
- Harorat kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 14-19 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.
- Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 13-18 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Surxondaryo viloyatida kunning birinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.
- Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 15-20 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, kunning birinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 510 metr/sekund tezlikda esadi.
- Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 14-19 daraja bo‘ladi.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.
- Harorat kechasi va kunduzi 4-9 daraja iliq bo‘ladi.