O‘zbekistonda yana bitta siyosiy partiya tashkil etiladi

O‘zbekistonda yana bitta siyosiy partiya tashkil etiladi

O‘zbekiston Respublikasining “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi qonunining 6-moddasiga asosan ekologik partiya tashkil etish bo‘yicha mamlakatimiz fuqarolaridan iborat tashabbuskorlar guruhi shakllandi.

Hozircha yangi tashkil etilayotgan partiya qanday g‘oyalar va qanday nom bilan siyosiy maydonga chiqishi borasida aniq ma’lumotlar yo‘q.

Bugungi kunda mamlakatimizda 4 ta siyosiy partiya – O‘zbekiston Xalq-demokratik partiyasi, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi, “Adolat” sosial-demokratik partiyasi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi hamda O‘zbekiston Ekologik harakati faoliyat yuritmoqda.

Mazkur partiyalar o‘z g‘oyalari bilan siyosiy maydonga chiqqan. Masalan, o‘zini pensionerlar, kam ta’minlangan aholi qatlamlari manfaatlari himoyachisi sifatida namoyon etuvchi XDP ularning turmush darajasini oshirish, ijtimoiy faolligini kuchaytirish kabi g‘oyalarni amalga oshirish bo‘yicha saylovchilariga va’da bergan.

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi milliy meros va qadriyatlarni tiklash, ularni yanada boyitish, turizm sohasini rivojlantirish kabi g‘oyalarni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

“Adolat” SDP esa ijtimoiy adolat, ilm-fan, ta’lim-tarbiya va sog‘liqni saqlash yo‘nalishlarini o‘z ichiga olgan maqsad va vazifalarni olg‘a surgan.

Mamlakatdagi yetakchi partiya hisoblanmish O‘zLiDeP tadbirkorlar va ishbilarmonlar manfaatini himoya qilishni qo‘llab-quvvatlagan.

O‘zbekiston Ekologik harakati aholining ekologik madaniyatini oshirish bilan bog‘liq barcha yumushlarni o‘z zimmalariga olishgan.

Xs.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!