O‘zbekistonda to‘yib ovqatlanmaydiganlar qancha?

O‘zbekistonda to‘yib ovqatlanmaydiganlar qancha?

BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) tomonidan O‘zbekistonda “To‘yib ovqatlanmaydiganlar ulushi” ko‘rsatkichlari qayta ko‘rib chiqildi, deb yozmoqda "Kun" nashri.

Davlat statistika qo‘mitasining Kun.uz’ga xabar berishicha, bunga sabab 2019 yilning 10-12 dekabr kunlari Toshkent shahrida FAO ekspertlari bilan o‘tkazilgan seminarda Statistika qo‘mitasi mutaxassislari O‘zbekistonning ko‘rsatkichlari bo‘yicha e’tiroz bildirib, FAO eksperti Dorian Kalamveros Navarro bilan bahs-munozara olib borgandi. 

Natijada, FAO mutaxassislari Davlat statistika qo‘mitasi vakillarining keltirgan aniq isbot-dalillariga ko‘ra, O‘zbekistonning “To‘yib ovqatlanmaydiganlar ulushi” ko‘rsatkichini 2014 yildan boshlab, New Food Balance Sheet asosida qayta ko‘rib chiqdi. Qayta hisoblash natijasida ko‘rsatkichlar 2016-2018 yillar uchun 2,8 foiz (0,9 mln. kishi) va 2017-2019 yillar uchun 2,6 foiz (0,8 mln. kishi)ni tashkil etdi. 

Bu ma’lumotlar 2020 yilning 13 iyul kuni bo‘lib o‘tgan “Jahondagi oziq-ovqat xavfsizligi va ovqatlanish holati 2020” (SOFI – 2020) hisoboti onlayn yig‘ilishida hamda FAO rasmiy sayti orqali e’lon qilindi.

FAO ekspertlari 2019 yilgi (SOFI – 2019) yig‘ilishida O‘zbekistonning 2016-2018 yillarda to‘yib ovqatlanmaydiganlar ulushi ko‘rsatkichlarini 6,3 foiz (2,0 mln. kishi) deb e’lon qilgan edi. Bu ko‘rsatkich bilan O‘zbekiston Markaziy Osiyoda Qozog‘iston (2,1 foiz) va Turkmaniston (5,4 foiz)dan keyin uchinchi o‘rinni egallagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!