O‘zbekistonda reklama davlat tilida berilishi majburiy bo‘ladimi?

A A A
O‘zbekistonda reklama davlat tilida berilishi majburiy bo‘ladimi?

"Reklama to‘g‘risida"gi qonunning yangi tahririda reklamalarning davlat tilida berilishi zarurligi, reklama beruvchi xohishiga ko‘ra uni istalgan tilda takroriy variantini ham e’lon qilish mumkinligi belgilab qo‘yilishi kutilyapti.

Ayni paytda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va tegishli tashkilotlar tomonidan «Reklama to‘g‘risida»gi qonunning yangi tahriri ishlab chiqilib, Vazirlar Mahkamasiga taqdim etilgan.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Dilshod Azimov Kun.uz muxbiri bilan suhbatda qonunning yangi tahriridagi o‘zgarishlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.

  • Reklama davlat tilida berilishi majburiy bo‘ladi

– Yangi tahrirdagi qonunda o‘zgarishi mumkin bo‘lgan asosiy jihatlar nimalardan iborat?

– Birinchi navbatda reklama tili haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, bu narsa hanuz ko‘pchilik o‘rtasida bahs-munozaralarga sabab bo‘lmoqda.

Ayrim fuqarolar, marketologlar reklama tilini cheklashga qarshi chiqishadi. Xohlagan odam yaponcha, koreyscha, ruscha reklama berishi mumkin deyishadi.

«Davlat tili to‘g‘risida»gi qonun qabul qilinganiga 30 yil bo‘lganiga qaramay, hanuz reklama tilini aniq qilib belgilab olmadik. Ko‘pchilik MDH davlatlarida esa ayni paytda reklama davlat tilida berilishi amalda belgilab qo‘yilgan.

Ayni paytda bizda ham «Reklama to‘g‘risida»gi qonunning yangi tahririga reklamalarning davlat tilida berilishi zarurligi va reklama beruvchi xohishiga ko‘ra uni istalgan tilda takroriy variantini ham e’lon qilish mumkinligi haqida o‘zgartirish kiritmoqdamiz.

Lekin asosiy talab – o‘zbek tilidagi varianti, albatta, bo‘lishi zarur.

Bundan tashqari, bolalar uchun mo‘ljallangan mahsulotlar reklamasiga ayrim talablar qo‘shilyapti. Masalan, turli oziqlantiruvchi bo‘tqalar reklamasiga «Ona sutidan foydalanish zarur» degan mazmundagi iborani qo‘shamiz. Chunki bu kabi mahsulotlarni asosan onalar xarid qiladi. Shuning uchun bu eslatma foydadan xoli bo‘lmaydi.

  • Yashirin reklamaga ruxsat beriladi

O‘zgarishlardan yana biri – «Product placement»ga ruxsat berilayotgani. Bu atama, misol uchun, bitta ko‘rsatuvda boshlovchining qaysidir brend mahsulotini yashirin reklama qilib berishiga nisbatan ishlatiladi. Bunda boshlovchi bitta kompaniyaning soatini taqishi yoki brend nomi tushirilgan biror buyumidan foydalanishi mumkin.

Shu kunga qadar bu turdagi reklamalarga ruxsat berilmasdi. Lekin reklama beruvchilar aynan shu usulda mahsulotini tanishtirishni xohlamoqda.

«Product placement»ga ruxsat berilishi tadbirkorlarga yanada ko‘proq imkon beradi. Mayli, ularning sevimli kino qahramonlari mashhur qozonlarda ovqat qilishsin, yashirin reklama usullaridan foydalanib, mahsulotini tanitishsin, biroq buning uchun shartnoma tuzgan holda soliqlarni to‘lashsin.

Bunda mediamahsulotda iste’molchilarga ham reklama mavjudligini bildirish zarur.

Bugun turli internet nashrlarida ayrim blogerlar, kanal yoki sahifa yurituvchilar tomonidan reklamalar tartibsiz va boshqa ma’lumotlardan ajratilmagan holda berilayotgani ham noto‘g‘ri.

Ulardan alohida reklama postidan foydalangan holda bu yo‘nalishdagi ishlarni tashkil qilishlari lozimligini so‘ragan bo‘lardik.

  • Reklama joylashtirish savodxonligi bo‘lishi zarur

– Ijtimoiy tarmoqlar orqali berilayotgan reklamalarning ishonchliligi va ularning mavjud qoidalarga rioya qilgan holda mahsulot yoki xizmat haqida ma’lumot berayotganini nazorat qilishning imkoni bormi?

– Bu yo‘nalishdagi kamchiliklar blogerlar yoki boshqa ijtimoiy tarmoq yulduzlariga reklama berish tartiblari to‘g‘risida yaxshiroq ma’lumot bera olmayotganimiz bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. Chunki Instagram`da 3 million kuzatuvchisi bor xonanda reklamani boshqa ma’lumotlardan ajratgan holda berish lozimligini bilmasligi mumkin.

Gap bu yerda hali soliq va boshqa tushum undirish haqida ham emas, reklama berish savodxonligi haqida ketyapti.

Aslida blogerlar, internet nashrlari, ijtimoiy tarmoqlardagi turli kanallar adminlari, kim bo‘lishidan qat’i nazar, reklama berish orqali daromad olayotgani tufayli soliq to‘lashi ham zarur.

Birinchi navbatda ulardan to‘g‘ri va hech qaysi iste’molchining huquqini cheklamagan holda reklama joylashtirishini so‘raymiz.

  • Bot orqali jamoatchilik nazorati tashkil qilinadi

– Yuqorida ta’kidlanganidek, bugun internet tarmoqlarida, umuman, hayotimizning hamma qismida reklama shu qadar ko‘pki, ularning barchasini nazorat qilish imkoni bormi, degan savol tug‘iladi.

– Bu borada biz omma bilan ishlamoqchimiz. Odamlar bilan bog‘lanish uchun alohida bot yaratiladi va xohlagan kishi reklamani faqatgina xorijiy tilda, o‘zbek tilidagi varianti yo‘q holda ko‘rsa, uni rasmga olgan holda bizga yuborishi mumkin.

Va shundan keyin reklama tarqatuvchiga nisbatan chora ko‘ramiz. 

Bu holatda bitta istisnoli holat bor: turli tillarda faoliyat yuritadigan OAVlar mavjud. Masalan, rus, qozoq yoki ingliz tilida chiqadigan jurnallar yoki telekanallar. Ularga o‘zlari faoliyat yuritadigan tilda reklama berish imkoni beriladi.

Bundan tashqari, OAVlarda reklamalar darajasini 10 foizdan 20 foizga yetkazish ham oldinga qo‘yilgan maqsadlardan biri.

Shuningdek, o‘quv qurollarida, daftar, kundaliklarda reklama elementlari bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 

  • «Soyabonli reklamalar»ga ham ruxsat berilmaydi.

– Qonun buzilish holatlari aniqlansa, qanday chora ko‘rilishi mumkinligi haqida ham to‘xtalib o‘tsangiz.

– «Reklama to‘g‘risida»gi qonunni qo‘pol ravishda buzgan yuridik shaxslarni jarimaga tortish rejalashtirilgan.

Shu o‘rinda aytish joizki, O‘zbekistonda quyidagi mahsulotlar reklamasi taqiqlangan:

-    qurol-yarog‘;
-    alkogol mahsulotlar;
-    tamaki;
-    kalyan;
-    qimor bilan bog‘liq mahsulot va xizmatlar;
-    resept bilan sotiladigan dorilar;
-    psixotrop, portlovchi mahsulotlar.

Bundan tashqari, «soyabonli reklamalar»ga ham ruxsat berilmaydi. Masalan, mashhur brend ostidagi sigaret nomi ostida boshqa ishlab chiqarilgan tovarni, aytaylik, sokni reklama qilish mumkin emas.

Shuningdek, «Sales promotion» tushunchasi mavjud bo‘lib, yangi mahsulotni tatib ko‘rishni tavsiya qiladi. Xuddi shu narsani tamaki va alkogol mahsulotlariga nisbatan ishlatish mumkin emas.

Agar shu ko‘rinishdagi mahsulotlar reklamasi bilan shug‘ullansa yoki boshqa qonun buzilishi holatlarini sodir etadigan bo‘lsa, bunday shaxslarga  nisbatan javobgarlik belgilanadi. 

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Maktablarda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlari qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Шунингдек, ўқувчиларнинг ота-оналари «Энг фаол ота», «Жонкуяр она», «Масъулиятли ота-она» каби номинациялар ҳамда «Миннатдорчилик хат»лари билан тақдирланиши белгиланган.

Eron 57 ta musulmon davlatidan iborat “Islom NATOsi” ni tuzishga chaqirdi

Бу ҳақда Iran International хабар берди.

Lamin Yamal «Barselona»ning bayram kechasiga yangi sevgilisi bilan tashrif buyurdi (foto)

«Барселона»нинг 18 ёшли вингери Ламин Ямал омма олдида янги севгилиси билан кўриниш берди.

Prezidentning yangi qarori qabul qilindi

Хориждан наслдор қорамолларни олиб кириш ҚҚСдан озод этилади.

Turklar Erondan ham yomonroq ahvolga tushadi — Isroil madaniyat vaziri

Мики Зоҳар “Туркияга душман давлат сифатида муомала қилишни бошлаш лозим” деган мазмундаги фикрни ҳам илгари сурди.

AQShning «Atlanta Yunayted» klubi JCH-2026 oldidan O‘zbekiston terma jamoasiga murojaat qildi

Американинг «Атланта Юнайтед» клуби ижтимоий тармоқларда Ўзбекистон миллий футбол терма жамоасига ЖЧ-2026 давридаги ҳамкорлик ҳақидаги эълондан сўнг мурожаат қилди.

Rossiyalik sobiq futbolchi JChda O‘zbekistondan nimalar kutayotganini aytdi

СССР терма жамоасининг собиқ футболчиси Андрей Канчельскис 2026 йилги жаҳон чемпионатидан кутаётган натижаларни айтиб ўтди.

Husanovga jiddiy raqobatchi keladi

Франциялик ҳимоячи Ибраима Конате катта эҳтимол билан бу ёзда “Ливерпуль”ни тарк этади.

«Barselona» Erling Xoland transferi bo‘yicha yakuniy qarorga keldi

«Манчестер Сити» ҳужумчиси Эрлинг Холанд «Барселона»нинг қизиқишлар доирасига кирди.

AQShda qush uyasi sababli xaridor o‘zi sotib olgan avtomobilga egalik qila olmayapti (foto)

Бу ҳақда Autoblog хабар берди.

Himolayda 2021 yilda yo‘qolgan rossiyalik talaba yildan keyin Nepaldagi baland tog‘li buddaviy monastirda topildi

Алина тоғ касаллиги сабаб ҳушидан кетган ҳолда монахлар томонидан топилган ва даволанган. Шу вақт ичида у тибет тиббиёти, медитация ва доривор ўсимликларни ўрганишга киришган.

10 ming qadam yurganlarga pul to‘laydigan platforma ishga tushdi

Илова 1 майдан фаолият бошлаган бўлиб, уни App Store ва Play Market орқали юклаб олиш мумкин.

Nurmat Otabekov xantavirus bo‘yicha axborot bilan chiqdi

Шу кунларда ижтимоий тармоқларда дунёнинг айрим мамлакатларида хантавирус инфекцияси тарқалаётгани ҳақида турли хабарлар эълон қилинмоқда. Хўш, у қандай касаллик? Инфекциянинг Ўзбекистонда тарқалиш эҳтимоли борми?

Abduqodir Husanov ota-onasiga 330 ming dollarlik villa sovg‘a qildi

Бу ҳақда компания асосчиси Марат Хайруллаевич ўзининг шахсий Instagram саҳифасида очиқлади.

Abduqodir Husanov uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor grand jamoa paydo bo‘ldi

«Манчестер Сити» ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов клуб рўйхатини ўзгартириши мумкин.

Shohjahon Ergashev: "Shahramning jangini ko‘rib, shuni tushundim-ki..."

Супер енгил вазн тоифасида IBF камари учун ўзбекистонлик собиқ даъвогар Шоҳжаҳон Эргашев WBA Regular камари учун жанг қилган ҳамюртимиз Шаҳрам Ғиёсов ҳақида гапирди.

Xitoy Eron–AQSh kelishuvi bo‘yicha bayonot berdi

Хитой Ташқи ишлар вазирлиги Эрон ва АҚШ ўртасидаги можарони ҳал қилиш бўйича келишув якунланиш арафасида эканини маълум қилди.

Eron uran zaxiralarini Xitoyga eksport qilishga rozi bo‘ldi

Саудиянинг Al Hadath телеканали юқори мартабали манбаларга таяниб хабар беришича, Эрон юқори даражада бойитилган уран захираларини Хитойга топшириш шарти билан уларни ўз ҳудудидан олиб чиқишга тайёр.

Rossiya Ukrainadagi xorijliklarni Kiyevni tark etishga chaqirdi

Россия Қуролли кучлари Киевдаги мудофаа корхоналари, “қарор қабул қилиш марказлари” ва қўмондонлик пунктларига зарбалар берилиши ҳақида таҳдидли баёнот эълон қилди.

"Ikkiyuzlamachilikning eng yuqori cho‘qqisi". YEI elchisi Rossiyaning Kiyevni tark etish chaqirig‘iga keskin javob berdi

Европа Иттифоқи ҳеч қаерга кетмайди. Биз Киевда қоламиз. Биз Украина билан қоламиз.

Nihoyat! Toshkentda maktabdagi mojaroda o‘qituvchi aybsiz deb topildi

Яқинда Toshкент шаҳрининг Мирзо Улуғбек туманидаги 275-сонли мактабда информатика ўқитувчиси ва ўқувчилар ўртасида содир бўлган воқеа ижтимоий тармоқларда катта баҳс-мунозараларга сабаб бўлган эди.

Chexiya Ukrainadan kelgan qochqinlar uchun qoidalarni kuchaytirmoqda

ČTK агентлиги хабар беришича, ҳужжат парламент қуйи палатасига тасдиқлаш учун юборилган.

Rossiya Ukrainadagi “qaror qabul qilish markazlari”ga zarbalar berish bilan tahdid qildi va xorijliklarni Kiyevni tark etishga chaqirdi

Россия Ташқи ишлар вазирлиги Украинанинг аннексия қилинган Луганскдаги ётоқхонага берган зарбасига жавобан, Россия Қуролли кучлари Киевдаги мудофаа корхоналари, “қарор қабул қилиш марказлари” ва қўмондонлик пунктларига зарбалар берилиши ҳақида таҳдидли баёнот эълон қилди.

Xitoy kompaniyalarining O‘zbekistonda turizm sohasida faoliyat ko‘lamini kengaytirish masalalari muhokama etildi

Хитойнинг Сиан шаҳрида бўлиб ўтган “III Ўзбекистон – Хитой ҳудудлараро форуми” доирасида Туризм қўмитаси раиси А. Аққулов Хитойнинг “Fei Jing Tourism” компанияси (чиқиш туризми) вице-президенти Веи Жие, “Winner Hydrogen” транспорт компанияси бош директори Луо Тианши ҳамда “Shaanxi Tourism Group” компанияси бош директори ўринбосари Сзао Юеванг билан музокаралар ўтказди.

Venesuelada mahbuslar tergov izolyatorini egallab oldi

Маҳбуслар директорнинг ишдан бўшатилишини талаб қилмоқда. Улар қамоқхона миноралари томига кўтарилган, баъзилари эса матрасларни ёқиб юборган.

Kiyevdagi “Chernobil” muzeyida yong‘in chiqdi

Маълум қилинишича, миллий Чернобиль музейи фақат апрель ойи охирида кенг кўламли реставрациядан кейин қайта очилган эди.

Birinchi Boku Turkologiya Qurultoyining 100 yilligiga bag‘ishlangan fundamental nashrlar Olmaotada taqdim etildi

2026 йил 22 май куни Қозоғистон Республикаси Миллий кутубхонасида Биринчи Боку Туркология Қурултойининг 100 йиллигига бағишланган Турк маданияти ва мероси жамғармасининг фундаментал илмий нашрлари тантанали равишда тақдим этилди.

Lukashenko va Makron uzoq vaqtdan so‘ng telefon orqali muloqot qildi

Минск расмийларига кўра, қўнғироқ ташаббуси Франция томонидан билдирилган.

AQSh elchixonasi Kiyevda yirik havo hujumi xavfi haqida ogohlantirdi

АҚШнинг Киевдаги элчихонаси яқин 24 соат ичида Украина ҳудудига «сезиларли ҳаво ҳужуми» бўлиши мумкинлиги ҳақида огоҳлантириш эълон қилди.

Livanda Isroil hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 3123 kishiga yetdi

Вазирлик билдиришича, 2 мартдан буён бошланган ҳарбий кескинлашув даврида қурбонлар умумий сони 3123 кишига, яраланганлар сони эса 9506 кишига етган.

Isroilga hozirda 51 ta davlat harbiy mahsulot yetkazib bermoqda

Маълумотларга кўра, қурол-яроғ ва ҳарбий технологиялар етказиб бериш Халқаро суднинг Ғазода геноцид хавфи мавжудлиги ҳақидаги огоҳлантиришидан кейин ҳам давом этган.

Norvegiyada “eng chiroyli hojatxona” xavfsizlik sabab yopildi

Андайя оролида жойлашган ва фьорд манзараси билан машҳур бўлган жамоат ҳожатхонаси ҳарбий хавфсизлик туфайли ёпилди.

Namanganda hojatxonaga tushib ketgan bola qutqarildi

Шифокорлар томонидан болага биринчи тиббий ёрдам кўрсатилганидан сўнг у яқинларига топширилди. Ҳозирда боланинг аҳволи яхши экани маълум қилинмоқда.

Xitoyda ko‘mir konidagi portlashda 90 kishi halok bo‘ldi

Хитой раиси Си Жинпинг тирик қолганларни излаш ва жабрланганларни қутқариш учун барча куч ва воситаларни сафарбар қилишни буюрган.

Rubio: Rossiya, AQSh va Ukraina o‘rtasidagi uch tomonlama muzokaralar to‘xtatildi

Бу ҳақда АҚШ Давлат котиби Марко Рубио Швециянинг Хелсингборг шаҳрида бўлиб ўтган НАТО ташқи ишлар вазирлари йиғинида маълум қилди.

“MV Hondius” kemasida xantavirusga chalinganlar soni oshdi

Жаҳон соғлиқни сақлаш ташкилоти раҳбари Тедрос Адханом Гебрейесуснинг маълум қилишича, “MV Hondius” круиз лайнери билан боғлиқ яна бир хантавирус юқиш ҳолати аниқланган.

Hanter Bayden Isroilni otasiga qarshi kampaniya bilan bog‘ladi

АҚШнинг собиқ президенти Жо Байденнинг ўғли Ҳантер Байден отасига қарши коррупция айбловларини тарқатишда Исроил билан боғлиқ шахслар иштирок этган бўлиши мумкинлигини билдирди.

Oziq-ovqat mahsulotlari orasiga yashirilgan dori vositalari fosh bo‘ldi

Тегишли баҳолаш ҳисоботига кўра, ушбу тиббий воситаларнинг умумий қиймати 1 млрд 323 млн сўмни ташкил этади.

GoTürkiye yangi mini-seriali “Cappadocia Fairytale” ekranlarda

Туркиянинг глобал туризм платформаси — GoTürkiye мамлакатнинг бетакрор сайёҳлик манзилларини кинематографик ҳикоялар орқали намойиш этиб, халқаро аудитория эътиборини жалб этишда давом этмоқда.

Pokiston Eron va Markaziy Osiyoga mango eksporti uchun cheklovlarni yengillashtirdi

Покистон ҳукумати Эрон ва Марказий Осиё давлатларига қуруқлик орқали манго экспорт қилиш бўйича молиявий талабларни вақтинча енгиллаштирди.