Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (PMTI) mutaxassislari O‘zbekistonda oziq-ovqat chiqindilaridan qancha bioyonilg‘i ishlab chiqarish mumkinligini tahlil qildi.
Bioyonilg‘i — bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita biomassadan olinadigan yonilg‘i. Bioetanol va biodizel bugungi kunda eng keng tarqalgan bioyonilg‘i turlari hisoblanadi.
Bioyonilg‘i Yevropa davlatlari, AQSh va dunyodagi boshqa ko‘plab mamlakatlarda yonilg‘i sifatida ishlatiladi. AQShda ishlab chiqarilayotgan benzinning taxminan 97% ida ma’lum miqdorda etanol mavjud. Braziliyada sotiladigan barcha benzin markalarida 20-25% gacha etanol bo‘ladi.
O‘zbekistonda har yili qariyb 3 million tonna oziq-ovqat chiqindilari hosil bo‘ladi.
Oziq — ovqat chiqindilaridan bioyonilg‘i ishlab chiqarish bir vaqtning o‘zida ikkita muammoni hal qilishda yordam beradi. Birinchidan, oziq-ovqat chiqindilarini utilizasiya qilish orqali ekologiyaga ko‘rsatilayotgan salbiy ta’sir kamaytiriladi. Ikkinchidan, iqtisodiy va demografik o‘sish natijasida tobora ortib borayotgan energiya resurslariga bo‘lgan ehtiyoj qondiriladi.
Tahlil natijasida quyidagilar aniqlandi:
1. Agar oziq-ovqat chiqindilari to‘liq bioetanol (E100) yoki biodizel (B100) ga aylantirilsa, 1,11 milliard litr bioetanol va 1,02 milliard litr biodezel yonilg‘isini ishlab chiqarish mumkin.
2. Benzin va dizel yonilg‘isida harakatlanuvchi avtomobillar bioyonilg‘idan foydalanishga o‘tadigan bo‘lsa, havoga chiqarilayotgan CO2 miqdorini 1,6 million tonna (21% ga) kamayadi.
3. Oziq-ovqat chiqindilarining har bir kilogrammi yiliga o‘rtacha 2,5 kg is gazini ajratib chiqaradi. 3 million tonna oziq-ovqat chiqindisi zarur darajada utilizasiya qilinmasa, atmosferaga 7,5 million tonna issiqxona gazlarini chiqariladi.
Bioyoqilg‘idan keng foydalanishga o‘tish 2019-2030 yillarda O‘zbekiston Respublikasining "yashil" iqtisodiyotga o‘tish strategiyasidagi muayyan parametrlar, O‘zbekiston Respublikasining "Chiqindilar to‘g‘risida" gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasining “Parij bitimini ratifikasiya qilish to‘g‘risida”gi qonuni, shuningdek, BMT konferensiyasining 26-sessiyasida YAIM birligiga to‘g‘ri keladigan issiqxona gazlarini chiqarishni 2030 yilga qadar 2010 yildagiga nisbatan 35 foizga kamaytirish bo‘yicha qabul qilingan qo‘shimcha majburiyatni bajarishda yordam beradi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
“UzAuto Motors” 2025 йил 21 июлдан бошлаб мижозларга Chevrolet Onix, Tracker ва Damas моделдаги автомобилларни янги шартларда харид қилиш имконини тақдим этмоқда.
Гумонланувчилар орасида Таиланднинг энг йирик қурилиш компанияларидан бири – Italian-Thai Development Премчай Карнасута ва Хитойнинг China Railway компанияси ҳам бор.
ҲАМАС ҳаракати Исроил ҳукумати томонидан Ғазо шаҳрини босиб олиш ва унинг аҳолисини мажбуран кўчириш режаларини кескин қоралаб, буни "катта оқибатларга олиб келувчи ҳарбий жиноят" деб атади.
Исроил Хавфсизлик кабинети Ғазо секторида фақат Ғазо шаҳрини босиб олиш режасини маъқуллади. Бу қарор аввал эълон қилингандай бутун сектор эмас, балки унинг шимолий қисмига доир босиб олишни назарда тутади.
Ҳолат юзасидан ўтказилган хизмат текшуви натижаларига кўра, 2006 йилда туғилган А.А. исмли шахс Чилонзор тумани 19-мавзе ҳудудида яланғоч ҳолда жамоат жойида ҳаракатланган.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев 5 август куни Туркманбоши шаҳридаги "Аваза" миллий туризм ҳудудида ўтаётган БМТнинг Денгизга чиқиш имкони бўлмаган ривожланаётган мамлакатлар бўйича учинчи конференциясида иштирок этди.
Исроил Суриядаги айирмачи кучлар орқали мамлакатни бўлиб ташлашга уринмоқда. Бу ҳақда Сурия ахборот вазири Ҳамза ал-Мустафо Туркиянинг “Anadolu” ахборот агентлигига берган интервьюсида маълум қилган.
Болани ерда маҳаллий аҳоли вакили топиб олиб, тез ёрдам чақирган. Ҳодиса жиддийлигига қарамай, бола ҳушини йўқотмаган. Унинг қўли синган, умуртқа поғонаси чўзилган
Маълум қилинишича, аёл давлат чегараси чизиғидан 80 метр масофада, чегара ҳудудида ноқонуний равишда бўлиб, Қозоғистон ва Россия чегарасини расмий ўтиш пунктларидан ташқарида кесиб ўтмоқчи бўлган.