O‘zbekistonda ota-onalarga bolalarni tarbiyalashda jismoniy jazo qo‘llash taqiqlanishi mumkin. Bu haqda bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan qonun loyihasida ko‘zda tutilmoqda.
Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 27 fevraldagi majlisida ushbu qonun loyihasi birinchi o‘qishda konseptual jihatdan ko‘rib chiqilib, qabul qilindi.
Qonun loyihasida bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilishda ota-onalarning ishtiroki va ularning majburiyatlari belgilab qo‘yilmoqda. Jumladan, ota-onalar bolalarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilishi, ularga g‘amxo‘rlik ko‘rsatishi hamda zararli ta’sir ko‘rsatuvchi axborotdan himoya qilishi shartligi, bolalarni tarbiyalashda ularni jismoniy jazolash taqiqlanishi nazarda tutilmoqda.
Shuningdek, ta’lim tashkilotlarida bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka yo‘l qo‘yilmasligi, ta’lim muassasalarida intizomiy jazo chorasi sifatida zo‘ravonlikning har qanday shakli, shu jumladan jismoniy jazo va boshqa shafqatsiz xatti-harakatlarni amalga oshirish yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomalaniqo‘llashga yo‘l qo‘yilmasligi qat’iy belgilanmoqda.
“Bolaga qanday munosabatda bo‘lsak, unga qanday tarbiya bersak, shunday kelajak yasaymiz” — deb yozdi Alisher Qodirov ushbu qonun loyihasi haqida bildirgan fikrida.
Uning aytishicha, ikkinchi o‘qishda qonunning ta’sirchanligi va samaradorligini ta’minlashga qaratilgan ko‘p takliflar bor.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Бугун жиноят ишлари бўйича Миробод туман суди томонидан А. Воитов (Қишлоқ хўжалиги вазири лавозимида ишлаган) ва бошқаларга (жами 62 киши) оид жиноят ишини биринчи инстанцияда кўриб чиқиш бўйича суд жараёни тугаб, суд ҳукми эълон қилинди.
Маълум бўлишича, 2025 йил август ойида "Chevrolet Tahoe 2025 High Country" модели тақдим этилган; у 1,46 миллиард сўмдан бошланадиган нархда 11 сентябрдан сотувга чиқади.
Қоҳирадаги Миср миллий музейининг реставрация бўлимида фиръавн Аменемопетга тегишли бўлган билагузук йўқолди. Бу ҳақда Миср қадимий ёдгорликлар вазирлигига асосланиб CBS News хабар берди.
Терговга қадар текширув давомида, ушбу ноқонуний ишга алоқадор бўлган учинчи шахснинг яшаш хонадонидан эса 110 гр. “опий” моддаси, 2 та электрон тарози, 1200 АҚШ доллари ҳамда 28 млн. сўм процессуал тартибда расмийлаштириб олинди.
Ҳозирда унга нисбатан Жиноят кодексининг 168-моддаси 3-қисми “в” банди ҳамда 28, 211-моддаси 1-қисми билан жиноят иши қўзғатилди. Суд томонидан “қамоқ” эҳтиёт чораси қўлланди
Бу ҳақда АҚШ Давлат котиби Марко Рубио Fox News телеканалига берган интервьюсида маълум қилди. У шунингдек, Исроилнинг Қатарга ҳаво ҳужуми ва Ғарбий соҳилни аннексия қилиш режалари ҳақида ҳам тўхталиб ўтди.
Исроил ҳарбийлари Ливан жанубидаги Набатия шаҳрига ҳаво зарбасини амалга оширди. Ҳужум оқибатида саккиз нафар тинч аҳоли ҳалок бўлди, улар орасида тўрт нафар бола ва уч аёл бор.