O‘zbekistonda kontrakt to‘lovi uchun o‘tkazilgan ish haqiga soliq imtiyozi bekor qilinishi mumkin

O‘zbekistonda kontrakt to‘lovi uchun o‘tkazilgan ish haqiga soliq imtiyozi bekor qilinishi mumkin

Amaldagi Soliq kodeksiga binoan fuqarolarning soliq solinadigan ish haqi va boshqa daromadlarining O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olish uchun (o‘zining o‘qishi yoki 26 yoshga to‘lmagan farzandlarining o‘qishi uchun) yo‘naltiriladigan summalari daromad solig‘idan ozod qilinar edi. Endi imtiyoz yo‘q, deya xulosa qilmoqda huquqshunos Xushnud Xudoyberdiyev.

Yangi tahrirdagi Soliq kodeksi loyihasi katta ehtimol bilan tasdiqlanadi. Hozirgi variantiga o‘zgarish kiritilmasa, unda 2019 yil 1 yanvardan boshlab kontraktlar uchun beriladigan ushbu imtiyoz bekor bo‘ladi.

Ya’ni, ish haqingizni o‘zingizni kontraktingizga o‘tkazasizmi, 26 yoshga to‘lmagan farzandingizning kontraktiga o‘tkazasizmi, baribir daromad solig‘i ushlab qolinadi.

Kontrakt uchun boshqa qoida saqlab qolinmoqda.

Amaldagi SKning 171-moddasi 11-bandiga binoan yuridik shaxslar talabalarning ta’lim olishi uchun, O‘zbekiston oliy o‘quv yurti bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha pulli-kontrakt asosida o‘tkaziladigan to‘lovlar daromad sifatida qaralmas va soliqqa tortilmasdi.

Ya’ni biror yuridik shaxs OTM bilan 3 tomonlama shartnoma tuzish orqali talabaning kontraktini to‘lab berardi. Bunda o‘tkazilayotgan pullar maqsadli ekanligini ko‘rsatish uchun shartnomada talaba kelgusida ushbu tashkilot uchun o‘qishni bitirgach ishlab berishi ko‘zda tutilardi.

SKning yangi loyihasida ushbu band saqlab qolinyapti, faqat qo‘shimchasiga talaba ta’lim olish tugagandan so‘ng uch yildan kam bo‘lmagan vaqt davomida ishlab berishga majbur ekanligi rasman belgilandi.

Sof.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!