O‘zbekistonda karantin choralari nega yana uzaytirildi? Shifokor bilan suhbat

O‘zbekistonda karantin choralari nega yana uzaytirildi? Shifokor bilan suhbat

Ayni damda butun dunyoda bo‘lgani kabi yurtimizda ham koronavirusga qarshi choralar ko‘rilmoqda. Fikrimizning dalili o‘laroq kuchaytirilgan karantin choralari 15 avgustgacha uzaytirildi. Bu esa, tabiiyki, aholining ma’lum qatlami orasida norozilik keltirib chiqargani tabiiy. Ammo hech bir chora shunchaki ko‘rilmaydi.

Xo‘sh, kuchaytirilgan karantin nega yana uzaytirildi? Shu va boshqa savollarga javob topish maqsadida dosent, tibbiyot fanlari nomzodi Dilfuza Hasanova bilan suhbatlashdik.

O‘zbekistonda karantin choralari nega yana uzaytirildi? Shifokor bilan suhbat

— Ayni damda karantin rasman 15 avgustgacha uzaytirildi. Tabiiyki, bu aholining ayrim qatlamida norozilik uyg‘otmoqda. Hukumatning ushbu qarorini xalqqa qanday izohlab bera olasiz shifokor sifatida? Ya’ni karantin nega uzaytirildi?

— Karantin choralarining uzaytirilishiga, albatta, aholi orasida kovid infeksiyasining tobora keng tarqalayotgani sabab bo‘ldi. Bunda yoshlarda, immuniteti yaxshi insonlarda simptomsiz, alomatlarsiz va yengil kechishiga (80%da) qaramasdan, har bir xonadondagi qariyalarda, yani yondosh kasalliklari bor momolarimiz va otaxonlarimizda, farzandlardan yoki boshqa havo tomchi va maishiy yo‘l bilan yuqib, ularda og‘ir yoki o‘ta og‘ir shaklda kasallik kechayotganidir.

Buning oqibatida kasalxonalarga bemorlar oqimi oshib boryapti. Shuning uchun hukumatimiz tomonidan qo‘shimcha o‘rinlar tayyorlanib, yangi kasalxonalar zudlik bilan tashkil etilyapti. Shu kasallik tarqalish zanjirini uzish maqsadida  karantin muddati uzaytirildi.

Aholimiz karantin talablariga rioya qilib, uyda o‘tirishsa, o‘zlarini va katta yoshdagi ota-onalarini, oiladagi yosh bolalar, homilador va emizikli ayollarini ehtiyot qilishsa, sabr va shukronalik bilan ko‘pning boshiga tushgan va butun dunyoni tashvishga solib qo‘ygan koronavirus kasalligidan va karantindan chiqib olishga erishamiz.

— Sizningcha, karantin rejimidan qachon to‘liq qutulish mumkin? Bu borada aniq javob berish qiyin, albatta. Ammo shifokor sifatida bevosita mulohaza yuritib bu savolga javoban nima deya olasiz?

— JSST berayotgan ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda kollektiv immunitet paydo bo‘lgandan keyin bu Covid-19 virusi taslim bo‘lishi mumkin.

Karantin choralariga barchamiz to‘g‘ri amal qilib, O‘zR SSV tavsiyalarini aniq bajarsak va bemorlar marshrutlari tizimli ishlab ketsa, natijada Covid-19 tarqalish tezligi biroz kamayadi, shundagina karantin choralarini qadamma-qadam yengillashtirib borsa bo‘ladi, deb o‘ylayman.

— Bugungi kunda, garchi, karantin kuchaytirilganiga 17 kun bo‘lgan bo‘lsa-da, ammo koronavirusga chalinganlarning kunlik soni  unchalik kamaygani yo‘q. Bu borada ham to‘xtalib o‘tsangiz.

— Bu savolga javob berish uchun yana JSST ma’lumotlariga murojaat qilamiz. Har bir koronavirus yuqtirib olgan inson kamida 2,6 fuqaroga yuqtirishi mumkin. Xitoy tajribasidan kelib chiqadigan bo‘lsak, bir kasallangan inson 2-3 odamni zararlaydi. Bunda 1 oy ichida insondan insonga virus o‘tishi natijasida 400 dan ortiq odamlar zararlanadilar.

Bundan tashqari, epidemiologlarda “supertashuvchi” va “supertarqatuvchi” degan iboralar borki, bunda infeksiyalanganlar juda ko‘p insonlarni zararlashi mumkin. Bunday holat, inson o‘zi Covid-19 bilan kasallanganligini bilmay, koronavirus alomatlarsiz o‘tayotgan davrda yuz beradi. Ushbu vaziyat insonning yoshi, jinsi, millatidan qat’i nazar yuz berishi mumkin. Kasallik yuqish yoki yuqmasligida asosiy mezon inson immuniteti hisoblanadi. Bunday ssenariyning yuz berishida ideal sharoit ko‘p sonli odamlar ishtirok etayotgan tadbirlar hisoblanadi. Olimlar quyidagi farazdan kelib chiqishadi: pandemiya davrida 20% infeksiyalanganlar 80% zararlanganlar uchun sabab bo‘ladi. Shuning uchun Covid-19 virusiga vaksina ishlab chiqarilmaguncha gigiyena va ijtimoiy cheklash qoidalariga rioya qilishimiz muhimdir.

Virusni yuqtirib olgan insonlar hozirgi kunda uni tarqatishni davom ettiryapti, shuning uchun kontaktda bo‘lganini bilsa yoki biror bir kasallik alomatlari kuzatilsa, o‘zini o‘zi yakkalash qoidalari, va uyda shifokor nazoratida bo‘lish tavsiya etilyapti. Kasallar sonining sezilarli kamaymayotganining sababi shundaki, turli internet tarmog‘ida aylanib yurgan davolash tavsiyalarini bilib-bilmay, oilaviy shifokor bilan maslahatlashmay o‘zbilarmonlik bilan osma tomchi ukollar qilinyapti, samarasi isbotlanmagan dori vositalari ichilyapti va oxir-oqibatda bemor ahvoli og‘irlashib, stasionarga tushyapti. Bu virus boshqa viruslardan o‘zgacha odam organizmiga ta’sir qilmoqda. Butun dunyo olimlari buni o‘rganishyapti va hali-hanuz maxsus davo chorasi aniqlanmagan. Lekin aniqlangan narsa shuki, bu virus  o‘pka-nafas tizimida, turli kalibrdagi qon-tomirlarida yallig‘lanish chaqirib, zararlayapti. Shuning uchun  osma ukollar va tomchi dori vositalarini qo‘llash samara berish u yoqda tursin, bemor ahvolini og‘irlashtirib, o‘lim yoqasiga olib kelyapti. Bu holat shifokorlar uchun ko‘plab muammo tug‘diryapti va bemorlar og‘ir holda stasionarga tushyaptilar.

— Ayni damda aholiga qanday tavsiya, maslahatlar bergan bo‘lardingiz?

— Sog‘lomlar uchun: tahlika va vahimaga tushmaslik. Vahima ham immunitetni tushiradi. Sog‘lom turmush tarzi asoslariga rioya qilish: to‘g‘ri ovqatlanish, ertalabki jismoniy qizdiruvchi mashqlarni va kun davomida 3 mahal nafas gimnastikalarini muntazam bajarib borish kerak, zararli odatlardan (chekish, alkogol iste’mol qilish immunitetni susaytiradi) asta-sekin voz kechish, suv ichish tartibini to‘g‘ri amalga oshirish (me’yorda kun davomida tana vaznining har bir kg ga 30 ml hisobida suyuqlik ichish tavsiya qilinadi), uyda oila a’zolari bilan mo‘’tadil, ya’ni ijobiy-optimistik kayfiyat va yaxshi emosional iqlimni shakllantirish, stresslarni chaqirmaslik va ularga bardoshli bo‘lish (stress, urush-janjal, kayfiyat buzilishi, yomon muomala, turli sabab va besabab bir-birini xafa qilish — bular hammasi immunitetni tushuradi).

Bundan tashqari, besabab va o‘tkir ehtiyojsiz ko‘chaga chiqmaslik, uydan tashqariga chiqqanda niqob va qo‘lqoplarni taqish, ijtimoiy masofani saqlash (1-2 metr), qo‘l berib ko‘rishmaslik (azaldan o‘zbekchilikda qo‘lni ko‘ksiga qo‘yib salom berish odat edi, shu hozirgi kunda juda to‘g‘ri usul), qarindosh-urug‘lardan xabar olish uchun mehmonga bormaslik, uyda ham karantin vaqtida mehmon kutmaslik maqsadga muvofiq, telefon, telegramm yoki IMOdan muloqot qilish ham mumkin.

Agar uyda qolgan oilada, biror insonda kasallik a’lomatlari kuzatilsa (tana haroratining 37,5-37,8 darajagacha oshishi, umumiy xolsizlik, charchash, gavda va mushaklardagi og‘riq, burun bitishi, tumov, tomoq og‘rishi), uni iloji boricha yakkalash va oilaviy shifokorga murojaat qilish kerak. Bu kasallikning yengil darajasidagi alomatlar, turli tanish shifokor va internet tarmog‘idagi reseptlar asosida o‘zini o‘zi davolashga urinish kerak emas. Chunki yengil darajada kasallik faqatgina to‘g‘ri parvarish va oddiy tavsiyalarga rioya qilinganda bemorlar juda oson tuzalib ketishyapti. Bu tavsiyalar hammasi oilaviy shifokorlarga o‘qitilgan. Aptekadan qimmat dorilarni axtarib, pul ketkazib yana o‘z salomatliklariga zarar yetkazishga hojat yo‘q.

Kasallik yengil darajadagi kechishiga tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Innovasion sog‘liqni saqlash milliy palatasi, O‘zR SSV, va ToshVMOI professor va milliy ekspertlarimiz ishlab chiqqan "Engil shakldagi Covid-19li pasiyentlarni uy sharoitida olib borish bo‘yicha  vaqtinchalik klinik qo‘llanma"da keltirilgan. Bu qo‘llanmalar hozirgi kunda barcha ambulator poliklinikada faoliyat ko‘rsatayotgan shifokorlarga yetkazilyapti.

COVID-19 BILAN BOG‘LIQ BELGILAR VA XAVF OMILLARI

Kasallik yengil kechishidagi klinik belgilar

Ko‘p holatda kuzatiladi:

• tana haroratining oshishi (83–99%),

• yo‘tal (59–82%),

• umumiy xolsizlik (44–70%),

• ishtahaning yo‘qolishi (40–84%),

• hansirash (31–40%),

• mushaklardagi og‘riq (11–35%).

Boshqa nospesifik belgilar:

•  tomoqdagi og‘riq,

•  burun bitishi,

•  bosh og‘rig‘i,

•  diareya,

•  ko‘ngil aynishi va qusish,

•  hid bilish hususiyatining yo‘qolishi (anosmiya) yoki ta’mni sezmaslik (agevziya), respirator belgilardan avval boshlanadi.

Qariyalar va immuniteti susaygan insonlarda kuzatilishi mumkin:

•  tana harorati oshmasdan atipik kechishi,

•  umumiy holsizlik,

•  e’tibor va jismoniy faollikning pasayishi,

•  diareya,

•  ishtahaning yo‘qolishi,

•  deliriy rivojlanishi.

Bolalarda tana harorati oshadi va yo‘tal kattalarga nisbatan kamroq namoyon bo‘ladi.

Kasallikning og‘ir kechishiga olib keluvchi xavf omillari

•  60 yoshdan kattalar (yosh kattalashgan sari xavf ortadi);

• qo‘shilib kelgan yondosh kasalliklar: diabet, gipertoniya, yurak kasalliklari, o‘pkaning surunkali kasalliklari, serebrovaskulyar kasalliklar, buyrak surunkali kasalliklari, immunosupressiya va rak – yuqori o‘lim ko‘rsatkichi bilan bog‘liq;

•  chekish.

Engil klinik alomatlarga ega bo‘lgan, surunkali kasalliklar yo‘q  va asorat rivojlanishi xavfi bo‘lmagan holatlarda, ya’ni yurak va o‘pka kasalliklari, buyrak yetishmovchiligi yoki immun tanqisligi holatlar kuzatilmasa, u holda bu bemorlarga uy sharoitida davo choralarini olish taklif qilinadi.

Covid-19 yengil kechuvchi pasiyentlarga simptomatik davo buyurish tavsiya etiladi: tana harorati 38 darajadan oshganda issiq tushiruvchi va og‘riq qoldiruvchi vositalar,  to‘g‘ri ovqatlantirish va suv balansini ta’minlash.

Simptomatik davo quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

•  Tana yuqori haroratini tushirish (issiq tushiruvchi preparatlar, masalan, parasetamol, ibuprofen);

•  Rinit va/yoki rinofaringitning kompleks davosi (namlovchi/ eliminasion preparatlar, nazal dekongestantlar);

•  Bronxitning kompleks davosi (mukolitiklar, bronxolitiklar va boshqa vositalar).

Rinit, faringit, burun bitishida va/yoki burundan ajralmalarda mahalliy davolash uchun dengiz suvi asosida tayyorlangan tuzli eritmalardan boshlab  foydalaniladi (izotonik eritma, burun bitishida esa – gipertonik-tuzi ko‘proq). Ular samara bermaganda nazal dekongestantlar buyuriladi.

 

•  Kasallikning yengil shaklida ko‘p iliq suyuqlik ichish tavsiya etilgan,  30 ml/kg tana vazni hisobidan (dezintoksikasiya, shilliq qavatlarni namlash va balg‘am chiqishini yengillashtirish maqsadida).

 

Profilaktik  yoki davolash maqsadida Covid-19 yengil kechishida antibiotiklar buyurish tavsiya etilmaydi. Chunki antibiotiklar virusga ta’sir etmaydi, biroq ko‘rsatmasiz pala-partish, o‘zboshimchalik bilan ishlatilganda immun tizimini pasaytirib yuboradi.

Koronavirus bilan kasallangan insonlar vahima va tahlikaga tushmasdan, oilaiy shifokorga to‘g‘ri yetkazish uchun o‘zida kuzatilayotgan simptomlarni daftarga yozib borishlari kerak. Oiladagi boshqa a’zolar, ayniqsa, yondosh kasalliklari bor qariyalar, homiladorlar va bolalardan yakkalanishlari darkor.

Agar gipertonik kasalligi bor inson o‘zida koronavirus alomatlarini sezsa, davolovchi shifokori avvaldan buyurgan antigipertenziv, qon ivuvchanligini rostlab turuvchi dori vositalarini qabul qilishni davom ettirishi kerak. Qon bosimini muntazam tekshirib borishi lozim.

Qandli diabeti bor insonlar ham o‘zlarining davolovchi endokrinologlari buyurgan dorilarini va parhezlarini buzmasliklari, qondagi qand miqdorini o‘z vaqtida tekshirtirib turishlari kerak.

Agar bemor nafas olishi qiyinlashsa, nafas soni 22 tadan oshsa, tana harorati 3 kun davomida 38 darajadan yuqori bo‘lib, parasetamol ichsa ham tushmasa, xansirash va ko‘krak qafasida og‘irlik sezsa, darxol oilaviy shifokoriga hamda 10-03 yoki 103 telefon raqamiga murojaat qilishi kerak va bu bemorni stasionarga yotqizish masalasi hal qilinadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Qattiq sovuq qachon chekinishi ma’lum qilindi

Ёғиб ўтган қордан сўнг Ўзбекистон ҳудудининг катта қисмида қор қоплами ҳосил бўлди. Бугун эрталаб ҳаво ҳарорати 8-13 даража совуққача, айрим жойларда 15 даража совуққача, энг чекка жанубда 4-6 даража совуққача пасайди.

O‘zbekistonga yana qorli sovuq havo kirib kelmoqda

20-22 декабрь кунлари Ўзбекистон ҳудудига нам ва совуқ ҳаво массалари кириб келиши кутилмоқда. Баъзи жойларда ёғингарчилик (ёмғир, қор) кузатилади, тоғ олди ва тоғли ҳудудларда кучли бўлиши мумкин.

Propan narxi tushishda davom etmoqda, benzin esa....

Эътиборли жиҳати шундаки, пропан нархининг кетма-кет бундай арзонлашиб бориши яқин орада кузатилмаган.

Ertaga O‘zbekistonda qor yog‘ishi kutilmoqda

“Ўзгидромет” Ўзбекистонда 15 декабрь, якшанба куни об-ҳаво қандай бўлиши ҳақида маълумот берди.

Kelajakda Rossiya yangi hududlarni bosib oladi

Айтганча, агар мамлакатимиз таркибига яна янги, лекин бизга жуда яқин ҳудудлар қўшилса, бу тажрибадан келажакда ҳам фойдаланиш мумкин.

Ronalduning narxi rekord darajada pastladi

«Transfermarkt» портали саҳифаларида «Ан-Наср»нинг юлдуз ҳужумчиси Криштиану Роналдунинг нархи янгиланди.

16 dekabr kuni yana izg‘irin sovuq qaytadi

Ўзгидромет ўзининг 14-16 декабрь кунлари учун эълон қилган прогнозларида бу хақида маълум қилди.

Naoya Inoue nihoyat Murodjon Ahmadaliyevga javob qaytardi

Мутлақ жаҳон чемпиони, япониялик Наоя Иноуэ Муроджон Аҳмадалиевнинг чорловига жавоб қайтарди.

Rossiya Ukrainadan yerlarini qaytarib olganini e’lon qildi

Киев кучлари август ойида қуруқликдан у ерга катта ҳужум уюштирган эди.

Qo‘shma Shtatlar Rossiyaga qarshi bayonot bilan chiqdi

Москва Яманнинг “Ансоруллоҳ” гуруҳи билан алоқада экани, Исроил ва унинг иттифоқчиларига қарши амалиётларида унга ёрдам бериш учун қурол жўнатаётгани АҚШнинг ғазабини қўзғатди.

Erkinjon Turdimovning yangi ish joyi ma’lum bo‘ldi

Самарқанд вилояти ҳокими лавозимидан озод этилган Эркинжон Турдимов Президент Администрациясига ишга ўтказилади.

Yurtimizga qachon qor yog‘adi?

Бу ҳақда Ўзгидромет хабар берди.

Havo harorati -8 darajagacha tushishi kutilmoqda

Бу ҳақда Ўзгидромет хабар берди.

Rossiyalik polisiyachilar ommaviy ravishda ishdan ketmoqda

Россияда шундай ҳудудлар борки, у ерда участка полиция инспекторлари лавозимларининг 90 фоизигача бўш, ва битта ходим тўққизта ходим ўрнига ишлашга мажбур бўлмоқда.

Isroil rahbariyati hibsga olinishiga birgina davlat tish-tirnog‘i bilan qarshi chiqmoqda

21 ноябрь куни Халқаро жиноят суди Ғазо секторида инсониятга қарши ва уруш жиноятлар содир этгани учун Исроил бош вазири Бинямин Нетаняҳу ва собиқ мудофаа вазири Йоав Галантни ҳибсга олишга ордер берди.

Terakt ijrochisi Ukraina maxsus xizmatlari tomonidan yollanganini ma’lum qildi – Rossiya FXX

Гумонланувчига умрбод қамоқ жазоси берилиши кутилмоқда.

UzAuto Motors 19 dekabr kuni Cobalt uchun kontraktasiyani ochadi

UzAuto Motors 19 декабрь куни соат 10:00 да Chevrolet Cobalt автомобили учун контрактацияни очади. Компания аввал тузилган шартномалар бўйича тўлов вақтида амалга оширилмаган ҳажмларни қайта контрактацияга қўяди.

Farg‘onadagi portlash qurbonlari soni oshdi

Жорий йилнинг 17 декабрь соат 13:45 ларда Фарғона шаҳар, Янгийўл маҳалласидаги “Petrolium” пропан газ қуйиш шохобчасида 5 м. куб сиғимли контейнерга газ қуйиш жараёнида ёриқ келиб чиқиб, газ моддаси ташқарига сизиб чиқиши оқибатида, портлаш ва ёнғин содир бўлган.

29 yoshli o‘zbekistonlik rus generalini o‘ldirganlikda gumonlanyapti

Кеча, 17 декабрь Россия Федерацияси Қуролли кучлари генерал-лейтенанти, Радиация, кимёвий ва биологик мудофаа қўшинлари бошлиғи 54 ёшли Игор Кириллов ва унинг ҳайдовчиси генералнинг Москвадаги Рязанский проспектида жойлашган уйидан чиқаверишда масофадан туриб ишга туширилган қўлбола портловчи қурилманинг портлаши оқибатида ҳалок бўлган эди.

"Ehtiyot bo‘ling! Londonda har narsa sodir bo‘lishi mumkin"

Медведев The Times нашридаги мақолага кескин жавоб қайтарди

Zelenskiydan Vladimir Putin bilan muzokaralar stoliga o‘tirishga tayyormisiz, deb so‘rashdi

Украина армияси ўз кучи билан Қрим ва Донбассни қайтариб ололмайди, деди Украина президенти.

Ukrainadagi rus qo‘shinlari soni doimiy ravishda o‘sib bormoqda

Украинадаги рус қўшинлари сони доимий равишда ўсиб бормоқда ва фронтда вазият жуда кескин.

Kamol Advon kasalxonasi xodimi Isroil hujumi bo‘lgan «dahshatli» tunni tasvirlab berdi

Камол Адвон касалхонасининг ҳамширалик бўлими раҳбари Ийд Сабба Ғазонинг шимолидаги муассасада кечган тунни «даҳшатга тўла» деб таърифлади.

Suriyada 100.000 dan ortiq jasadi bo‘lgan ommaviy qabr topildi

Сурия Фавқулодда Ишчи Гуруҳи раҳбари Мустафо Сурияда бундай оммавий қабрлар бундан ҳам кўп бўлиши мумкинлигини тан олди.

"Ko‘pchilik kanadaliklar Kanada AQShning 51-shtatiga aylanishni xohlaydi" – Tramp

Агар мамлакат Американинг 51-штатига айланса...

Erdo‘g‘on nega Makronga minnatdorlik bildirdi?

Туркия Президенти Ражаб Тойиб Эрдўған Франция Президенти Эммануэль Макрон билан телефон орқали суҳбат ўтказди.

Evropa Ukrainaga harbiy kontingent yuborishi mumkin

Маълумотларига кўра, контингент асосини Германия, Франция, Италия, Буюк Британия ва Полша каби давлатлардан иборат коалиция ташкил қилиши мумкин.

Samarqandda piyoda avtobus bosib ketishi oqibatida halok bo‘ldi

Ҳозирда ҳолат юзасидан Самарқанд шаҳри бўйича ИИО ФМБ ТБ томонидан жиноят иши қўзғатилиб, дастлабки тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

Janubiy Koreya prezidenti hibsga olinishi mumkin

Жанубий Корея президенти Юн Сок Ёл ҳарбий ҳолат жорий этиш бўйича иш юзасидан чақирувга эътибор бермаган ва Коррупцияга қарши тергов бўлимига бормаган.

HAMAS Isroil bilan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishilishi mumkinligini ma’lum qildi

ҲАМАС 17 декабрь куни Қатарда ўт очишни тўхтатиш бўйича жиддий ва ижобий музокаралар бўлиб ўтганини айтди.

Bronza davrida kannibalizm bo‘lganini isbotlovchi dalillar topildi

Археологлар бронза даврида каннибализм (одамхўрлик) бўлганини исботловчи далилларни топишди.

Rossiya «sayyoraning istalgan nuqtasi»ni urishi mumkin bo‘lgan raketalar haqida gapirmoqda

"Дунёда Россия ракеталари етиб бора олмайдиган жой йўқ, Европадаги Американинг ракетага қарши мудофаа тизимлари уларни ушлаб қолишга қодир эмас".

O‘zbekistonda muomaladagi naqd pul massasi qancha ekanligi e’lon qilindi

Миллий валютадаги пул массаси таркибида нақд пуллар ҳажми ҳам 2,6 трлн. сўмга камайиб...

Asad rejimi qurbonlarining ommaviy qabrlari topildi

Сурия жануби-ғарбидаги Дара вилоятида Башар ал-Ассад тузуми қурбонлари дафн этилгани тахмин қилинаётган 12 та оммавий қабр топилди.

Suriyaning yangi rahbari Isroilga signal yubormoqda

Сурия Исроилга қарши ҳужумларни амалга ошириш учун таянч нуқтасига айланмайди.

Rossiya – Ukraina nizosi: navbatdagi shov-shuvli qotillik

Бугун россиялик юқори даражали генералга электр скутерга яширинган бомба ёрдамида суиқасд қилинди.

Suriyadagi falastinliklar al-Assad davrida taqiqlangan qabristonlarga oqib kelmoqda

2012 йилда минглаб одамлар қочиб кетган бўлиб, уларнинг озчилигигина илгари Ярмуқ бўлган, ҳозир эса ваҳимали чўлга айланган жойда ўз уйларини ҳали ҳам турганини топишди.

G‘azoda qurbonlar soni yanada ortib bormoqda

Исроил жиноятларининг чеки борми, деган савол туғилмоқда.

Yomg‘ir, qor, chuvalchanglar, kalamushlar: Ukrainaning ahvoli og‘ir

Украина қуролли кучлари учун Курск вилоятидаги вазият кундан-кунга ёмонлашмоқда.

Rossiyaning Saransk shaxrida dahshatli YTH yuz berdi

Авария нима сабабдан содир бўлгани ҳозирча номаълум.