O‘zbekistonda ikkita kripto-do‘kon ochiladi

O‘zbekistonda ikkita kripto-do‘kon ochiladi

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi “Crypto Trade NET” MCHJ va “Crypto Market” MCHJga kripto-aktivlarni sotish faoliyatini amalga oshirishi uchun lisenziya berdi.

«O‘zbekiston kripto-aktivlar muomalasini tartibga solish bo‘yicha yaxshi shakllangan qonunchilik bazasiga ega dunyodagi sanoqli davlatlardan biri hisoblanadi. Ushbu ikki kompaniya MDH va Markaziy Osiyodagi birinchi kripto-do‘konga aylandi», — deyiladi agentlik matbuot xizmati xabarida.

2022 yilning 31 oktyabridan kuchga kirgan qoidalarga ko‘ra, kripto-do‘kon mijozlarga elektron platforma yoki savdo ob’ektiga (oflayn) kirishni ta’minlash orqali kripto-aktivlarni sotib olish/sotish bo‘yicha operasiyalarni amalga oshiradi.

Elektron platformada O‘zbekiston fuqarolari kripto-aktivlarni so‘mga, chet elliklar esa xorijiy valyutaga sotib olishi yoki sotishi mumkin. To‘lovlar bank o‘tkazmalari orqali amalga oshiriladi.

Oflayn formatda naqd to‘lovlar ham mumkin. Bunda kripto-aktivlarni milliy va xorijiy valyutada sotib olish, ammo ularni faqat so‘mga sotish mumkin.

Kripto-do‘kon operatorlari barcha mijozlarni identifikasiya qilishi shart.

Kriptodo‘konlarga majburiy identifikasiyadan o‘tmagan mijozlar, voyaga yetmaganlar, terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etgan yoki ishtirok etishda gumon qilinganlar, O‘zbekiston fuqarolari tomonidan chiqarilgan kripto-aktivlar, anonim kripto-aktivlar, shuningdek, o‘zgarmas tokenlar bilan ishlash taqiqlangan.

2021 yilda O‘zbekistonda kripto-aktivlarni birjada sotib olishga ruxsat berilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!