O‘zbekistonda har ikki daqiqada bitta nikoh tuzilmoqda
2024-yilda O‘zbekistonda 271 776 ta nikoh tuzilgan. Bu haqda “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti xabar berdi.
🔴 Har soatda 31 ta nikoh
Bu har 1 000 aholiga 7,3 nikoh to‘g‘ri keladi degani. Ya’ni:
— har 2 daqiqada – 1 ta,
— har soatda – 31 ta,
— 1 kunda – 743 ta nikoh qayd etiladi.
📍 Hududlar kesimida
Jami nikohlarning 136 713 tasi (50,3 foizi) shahar, qolgan 135 063 tasi (49,7 foizi) qishloq joylarida qayd etilgan. Hududlar kesimida eng yuqori nikoh ko‘rsatkichlari Qashqadaryo (8,1‰), Xorazm (8,1‰) va Surxondaryo (8,0‰) viloyatlarida kuzatilgan.
🔴 Qaysi tumanlarda ko‘rsatkich yuqori?
Tuman va shaharlar bo‘yicha tuzilgan eng yuqori nikoh ko‘rsatkichi:
— Shayxontohur (10,8‰),
— Bektemir (9,5‰),
— Sergeli (9,3‰),
— Termiz (9,3‰),
— Ko‘kdala (9,2‰),
— Bandixon (9,0‰),
— So‘x (9,0‰).
🔴 Eng kam nikoh
Eng past nikoh ko‘rsatkichi Tomdi (3,2‰), Mo‘ynoq (4,7‰), Ohangaron (4,8‰), Qorao‘zak (4,8‰), Shumanay (5,0‰) va Uchquduq (5,0‰) tumanlarida qayd etilgan.
