O‘zbekistonda «buxanka» non narxi nega oshdi?

A A A
O‘zbekistonda «buxanka» non narxi nega oshdi?

O‘zbekistonda 15 sentyabrdan qolipli non — «buxanka»ning narxi ko‘tarildi. 2014 yildan beri narxi 650 so‘m bo‘lib kelgan non endi 1200 so‘mdan sotilmoqda. Bu non bahosi 550 so‘mga oshdi, deganidir. «Xalq so‘zi Onlayn»ning yozishicha, kundalik iste’moldagi eng muhim oziq-ovqat mahsuloti narxining keskin ko‘tarilishi iste’molchilarda ko‘plab savollarni keltirib chiqarmoqda. Nega non birdaniga salkam ikki barobarga qimmatlashib ketdi? Buning asl sababi nimada?

Bunga oydinlik kiritish maqsadida «Xalq so‘zi Onlay» muxbirlari dastlab faoliyati Toshkent shahri aholisiga non va non mahsulotlari yetkazib berishga qaratilgan «Toshkentnon» ishlab chiqaruvchilar uyushmasiga murojaat qilgan.

«Hozirgi paytda uyushmamiz tomonidan kuniga o‘rtacha 500—550 tonna non va non mahsulotlari ishlab chiqarilib, aholi dasturxoniga yetkazib berilmoqda. Non narxining ko‘tarilishi esa, avvalo, ishlab chiqarish tannarxiga bog‘liq. Chunki shu kunga qadar birinchi navli unning 1 kilogrammini 930 so‘mdan sotib olardik. Shuning hisobiga bitta qolipli non ishlab chiqarib, to u savdo do‘koniga yetkazib berilguniga qadar tannarxi 591 so‘mga to‘g‘ri kelardi. Ayni paytda bu ko‘rsatkich o‘rtacha 1000 so‘mni tashkil etmoqda. Sababi, unning bahosi ham ko‘tarilib, 1 kilogrammini 1400 so‘mdan xarid qilyapmiz. Bu Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 13 sentyabrdagi 731-sonli qarori bilan belgilangan bo‘lib, narx-navo joriy yilning noyabridan yana oshishi mumkin», — deydi «Toshkentnon» uyushmasi bosh hisobchisi Ruslan Musretov.

Vazirlar Mahkamasining «Mamlakatimiz aholisini va iqtisodiyot tarmoqlarini raqobat va bozor mexanizmlarini joriy etish asosida don, un va non bilan ishonchli ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, 2018 yil 15 sentyabrdan boshlab 1 kilogramm bug‘doy unining ulgurji narxi 1400 so‘m miqdorida belgilangan. Ushbu hujjatda mazkur narxni 1 noyabrgacha bekor qilish ham ko‘zda tutilgan. Negaki, endilikda qolipli non talab va taklif asosida shakllantiriladigan erkin bozor narxi bo‘yicha sotiladi.

Bu jarayonda aholining ijtimoiy himoya qilish, ayniqsa, nogiron, boquvchisini yo‘qotgan, kam ta’minlangan oilalarning un va qolipli non xarid qilish bo‘yicha qo‘shimcha xarajatlarini qoplash uchun eng kam oylik ish haqining 10 foizi (15 sentyabr holatiga ko‘ra — 18,4 ming so‘m) miqdorida har oylik pul kompensasiyasi to‘lanadi. Bu yangilik amaliyotga shu yilning 1 oktyabridan joriy etiladi.

Bundan tashqari, qarorda 14 yoshgacha farzandlari bo‘lgan oilalarga bolalar sonidan kelib chiqqan holda, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan belgilangan nafaqa to‘lanishi ham o‘z aksini topgan. Eng asosiysi, bozorda don va un narxlari keskin o‘zgarishining oldini olish bo‘yicha aniq vazifalar belgilanib, zarurat tug‘ilganda davlat zaxirasidan don chiqarilishi bog‘liq chora-tadbirlari ko‘rilishi ko‘zda tutilgan.

Ayrimlar narx-navoni joriy mavsumda g‘alla hosili mo‘ljaldagidan kam bo‘lgani oqibati bilan bog‘lamoqda. Bu qanchalik haqiqatga yaqin? Ushbu savolga javob olish uchun «Xalq so‘zi Onlayn» muxbirlari «O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi mutasaddilariga murojaat qilgan.

«Bu kabi gap-so‘zlar asossiz. Chunki kompaniyamiz tizimidagi korxonalarda o‘tgan yildagidan kam bo‘lmagan miqdorda bug‘doy qabul qilindi. Ular sifatli saqlanib, peshma-pesh qayta ishlanmoqda. Mamlakatimiz aholisi ehtiyojiga yarasha bug‘doy jamg‘arilgan. Un yetkazib berishda uzilishlar ro‘y bermaydi», deydi Don va urug‘lik tayyorlash va saqlashni tashkil etish boshqarmasi mutaxassisi Akrom Ismoilov.

«Donni qayta ishlovchilar, non tayyorlash korxonalari ishchilari bilan suhbatlashar ekanmiz, ular unning narxi oxirgi marta 2014 yilda oshgani ta’kidlashmoqda. Oradan to‘rt yil o‘tib, bitta non bahosining bir litr gazlangan suv narxiga yaqinlashganini ‘normal holat‘ deya qabul qilishayotir. Yana ular amaliyotga erkin bozor narxi qo‘llanilishini ishlab chiqarish korxonalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shuningdek, ishchi-xizmatchilarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish borasidagi muhim qadam, deya baholashyapti», — deb yozadi «Xalq so‘zi Onlayn».

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Maktablarda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlari qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Шунингдек, ўқувчиларнинг ота-оналари «Энг фаол ота», «Жонкуяр она», «Масъулиятли ота-она» каби номинациялар ҳамда «Миннатдорчилик хат»лари билан тақдирланиши белгиланган.

Eron 57 ta musulmon davlatidan iborat “Islom NATOsi” ni tuzishga chaqirdi

Бу ҳақда Iran International хабар берди.

Lamin Yamal «Barselona»ning bayram kechasiga yangi sevgilisi bilan tashrif buyurdi (foto)

«Барселона»нинг 18 ёшли вингери Ламин Ямал омма олдида янги севгилиси билан кўриниш берди.

Prezidentning yangi qarori qabul qilindi

Хориждан наслдор қорамолларни олиб кириш ҚҚСдан озод этилади.

Turklar Erondan ham yomonroq ahvolga tushadi — Isroil madaniyat vaziri

Мики Зоҳар “Туркияга душман давлат сифатида муомала қилишни бошлаш лозим” деган мазмундаги фикрни ҳам илгари сурди.

AQShning «Atlanta Yunayted» klubi JCH-2026 oldidan O‘zbekiston terma jamoasiga murojaat qildi

Американинг «Атланта Юнайтед» клуби ижтимоий тармоқларда Ўзбекистон миллий футбол терма жамоасига ЖЧ-2026 давридаги ҳамкорлик ҳақидаги эълондан сўнг мурожаат қилди.

Rossiyalik sobiq futbolchi JChda O‘zbekistondan nimalar kutayotganini aytdi

СССР терма жамоасининг собиқ футболчиси Андрей Канчельскис 2026 йилги жаҳон чемпионатидан кутаётган натижаларни айтиб ўтди.

Husanovga jiddiy raqobatchi keladi

Франциялик ҳимоячи Ибраима Конате катта эҳтимол билан бу ёзда “Ливерпуль”ни тарк этади.

«Barselona» Erling Xoland transferi bo‘yicha yakuniy qarorga keldi

«Манчестер Сити» ҳужумчиси Эрлинг Холанд «Барселона»нинг қизиқишлар доирасига кирди.

AQShda qush uyasi sababli xaridor o‘zi sotib olgan avtomobilga egalik qila olmayapti (foto)

Бу ҳақда Autoblog хабар берди.

Himolayda 2021 yilda yo‘qolgan rossiyalik talaba yildan keyin Nepaldagi baland tog‘li buddaviy monastirda topildi

Алина тоғ касаллиги сабаб ҳушидан кетган ҳолда монахлар томонидан топилган ва даволанган. Шу вақт ичида у тибет тиббиёти, медитация ва доривор ўсимликларни ўрганишга киришган.

10 ming qadam yurganlarga pul to‘laydigan platforma ishga tushdi

Илова 1 майдан фаолият бошлаган бўлиб, уни App Store ва Play Market орқали юклаб олиш мумкин.

Nurmat Otabekov xantavirus bo‘yicha axborot bilan chiqdi

Шу кунларда ижтимоий тармоқларда дунёнинг айрим мамлакатларида хантавирус инфекцияси тарқалаётгани ҳақида турли хабарлар эълон қилинмоқда. Хўш, у қандай касаллик? Инфекциянинг Ўзбекистонда тарқалиш эҳтимоли борми?

Abduqodir Husanov ota-onasiga 330 ming dollarlik villa sovg‘a qildi

Бу ҳақда компания асосчиси Марат Хайруллаевич ўзининг шахсий Instagram саҳифасида очиқлади.

Abduqodir Husanov uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor grand jamoa paydo bo‘ldi

«Манчестер Сити» ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов клуб рўйхатини ўзгартириши мумкин.

Shohjahon Ergashev: "Shahramning jangini ko‘rib, shuni tushundim-ki..."

Супер енгил вазн тоифасида IBF камари учун ўзбекистонлик собиқ даъвогар Шоҳжаҳон Эргашев WBA Regular камари учун жанг қилган ҳамюртимиз Шаҳрам Ғиёсов ҳақида гапирди.

Xitoy Eron–AQSh kelishuvi bo‘yicha bayonot berdi

Хитой Ташқи ишлар вазирлиги Эрон ва АҚШ ўртасидаги можарони ҳал қилиш бўйича келишув якунланиш арафасида эканини маълум қилди.

Eron uran zaxiralarini Xitoyga eksport qilishga rozi bo‘ldi

Саудиянинг Al Hadath телеканали юқори мартабали манбаларга таяниб хабар беришича, Эрон юқори даражада бойитилган уран захираларини Хитойга топшириш шарти билан уларни ўз ҳудудидан олиб чиқишга тайёр.

Rossiya Ukrainadagi xorijliklarni Kiyevni tark etishga chaqirdi

Россия Қуролли кучлари Киевдаги мудофаа корхоналари, “қарор қабул қилиш марказлари” ва қўмондонлик пунктларига зарбалар берилиши ҳақида таҳдидли баёнот эълон қилди.

Lavrov Rubioga Rossiyaning Kiyevga rejalashtirilgan hujumlari haqida xabar berdi

Бу ҳақда Россия Ташқи ишлар вазирлиги баёнотида айтилган.

Nihoyat! Toshkentda maktabdagi mojaroda o‘qituvchi aybsiz deb topildi

Яқинда Toshкент шаҳрининг Мирзо Улуғбек туманидаги 275-сонли мактабда информатика ўқитувчиси ва ўқувчилар ўртасида содир бўлган воқеа ижтимоий тармоқларда катта баҳс-мунозараларга сабаб бўлган эди.

Chexiya Ukrainadan kelgan qochqinlar uchun qoidalarni kuchaytirmoqda

ČTK агентлиги хабар беришича, ҳужжат парламент қуйи палатасига тасдиқлаш учун юборилган.

Rossiya Ukrainadagi “qaror qabul qilish markazlari”ga zarbalar berish bilan tahdid qildi va xorijliklarni Kiyevni tark etishga chaqirdi

Россия Ташқи ишлар вазирлиги Украинанинг аннексия қилинган Луганскдаги ётоқхонага берган зарбасига жавобан, Россия Қуролли кучлари Киевдаги мудофаа корхоналари, “қарор қабул қилиш марказлари” ва қўмондонлик пунктларига зарбалар берилиши ҳақида таҳдидли баёнот эълон қилди.

Xitoy kompaniyalarining O‘zbekistonda turizm sohasida faoliyat ko‘lamini kengaytirish masalalari muhokama etildi

Хитойнинг Сиан шаҳрида бўлиб ўтган “III Ўзбекистон – Хитой ҳудудлараро форуми” доирасида Туризм қўмитаси раиси А. Аққулов Хитойнинг “Fei Jing Tourism” компанияси (чиқиш туризми) вице-президенти Веи Жие, “Winner Hydrogen” транспорт компанияси бош директори Луо Тианши ҳамда “Shaanxi Tourism Group” компанияси бош директори ўринбосари Сзао Юеванг билан музокаралар ўтказди.

Venesuelada mahbuslar tergov izolyatorini egallab oldi

Маҳбуслар директорнинг ишдан бўшатилишини талаб қилмоқда. Улар қамоқхона миноралари томига кўтарилган, баъзилари эса матрасларни ёқиб юборган.

Kiyevdagi “Chernobil” muzeyida yong‘in chiqdi

Маълум қилинишича, миллий Чернобиль музейи фақат апрель ойи охирида кенг кўламли реставрациядан кейин қайта очилган эди.

Birinchi Boku Turkologiya Qurultoyining 100 yilligiga bag‘ishlangan fundamental nashrlar Olmaotada taqdim etildi

2026 йил 22 май куни Қозоғистон Республикаси Миллий кутубхонасида Биринчи Боку Туркология Қурултойининг 100 йиллигига бағишланган Турк маданияти ва мероси жамғармасининг фундаментал илмий нашрлари тантанали равишда тақдим этилди.

Lukashenko va Makron uzoq vaqtdan so‘ng telefon orqali muloqot qildi

Минск расмийларига кўра, қўнғироқ ташаббуси Франция томонидан билдирилган.

AQSh elchixonasi Kiyevda yirik havo hujumi xavfi haqida ogohlantirdi

АҚШнинг Киевдаги элчихонаси яқин 24 соат ичида Украина ҳудудига «сезиларли ҳаво ҳужуми» бўлиши мумкинлиги ҳақида огоҳлантириш эълон қилди.

Livanda Isroil hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 3123 kishiga yetdi

Вазирлик билдиришича, 2 мартдан буён бошланган ҳарбий кескинлашув даврида қурбонлар умумий сони 3123 кишига, яраланганлар сони эса 9506 кишига етган.

Isroilga hozirda 51 ta davlat harbiy mahsulot yetkazib bermoqda

Маълумотларга кўра, қурол-яроғ ва ҳарбий технологиялар етказиб бериш Халқаро суднинг Ғазода геноцид хавфи мавжудлиги ҳақидаги огоҳлантиришидан кейин ҳам давом этган.

Norvegiyada “eng chiroyli hojatxona” xavfsizlik sabab yopildi

Андайя оролида жойлашган ва фьорд манзараси билан машҳур бўлган жамоат ҳожатхонаси ҳарбий хавфсизлик туфайли ёпилди.

Namanganda hojatxonaga tushib ketgan bola qutqarildi

Шифокорлар томонидан болага биринчи тиббий ёрдам кўрсатилганидан сўнг у яқинларига топширилди. Ҳозирда боланинг аҳволи яхши экани маълум қилинмоқда.

Xitoyda ko‘mir konidagi portlashda 90 kishi halok bo‘ldi

Хитой раиси Си Жинпинг тирик қолганларни излаш ва жабрланганларни қутқариш учун барча куч ва воситаларни сафарбар қилишни буюрган.

Rubio: Rossiya, AQSh va Ukraina o‘rtasidagi uch tomonlama muzokaralar to‘xtatildi

Бу ҳақда АҚШ Давлат котиби Марко Рубио Швециянинг Хелсингборг шаҳрида бўлиб ўтган НАТО ташқи ишлар вазирлари йиғинида маълум қилди.

“MV Hondius” kemasida xantavirusga chalinganlar soni oshdi

Жаҳон соғлиқни сақлаш ташкилоти раҳбари Тедрос Адханом Гебрейесуснинг маълум қилишича, “MV Hondius” круиз лайнери билан боғлиқ яна бир хантавирус юқиш ҳолати аниқланган.

Hanter Bayden Isroilni otasiga qarshi kampaniya bilan bog‘ladi

АҚШнинг собиқ президенти Жо Байденнинг ўғли Ҳантер Байден отасига қарши коррупция айбловларини тарқатишда Исроил билан боғлиқ шахслар иштирок этган бўлиши мумкинлигини билдирди.

Oziq-ovqat mahsulotlari orasiga yashirilgan dori vositalari fosh bo‘ldi

Тегишли баҳолаш ҳисоботига кўра, ушбу тиббий воситаларнинг умумий қиймати 1 млрд 323 млн сўмни ташкил этади.

GoTürkiye yangi mini-seriali “Cappadocia Fairytale” ekranlarda

Туркиянинг глобал туризм платформаси — GoTürkiye мамлакатнинг бетакрор сайёҳлик манзилларини кинематографик ҳикоялар орқали намойиш этиб, халқаро аудитория эътиборини жалб этишда давом этмоқда.

Pokiston Eron va Markaziy Osiyoga mango eksporti uchun cheklovlarni yengillashtirdi

Покистон ҳукумати Эрон ва Марказий Осиё давлатларига қуруқлик орқали манго экспорт қилиш бўйича молиявий талабларни вақтинча енгиллаштирди.