O‘zbekistonda bukmekerlik xizmatlarini reklama qiluvchi 27 ta saytga kirish cheklandi

O‘zbekistonda bukmekerlik xizmatlarini reklama qiluvchi 27 ta saytga kirish cheklandi

Bukmekerlik xizmatlarni targ‘ib qiluvchi 92 ta veb-saytni bloklash bo‘yicha AOKAga takliflar kiritilgan, shundan 27 ta sayt bloklangan.

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Asadulla Qayumov ma’lum qildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda estrada yulduzlari, sportchilar va blogerlar tomonidan totalizatorlar va bukmekerlik xizmatlarini reklama qilish holatlari bo‘yicha ichki ishlar organlariga 11 ta xat kiritilgan.

Qo‘mita tomonidan reklama beruvchi (tayyorlovchi, tarqatuvchi, buyurtmachi)larni qonun talablariga rioya etilishini ta’minlash yuzasidan turli soha va yo‘nalishda 400 dan ortiq ogohlantirish xati berildi.

So‘nggi yillarda ommalashib borayotgan axborot almashish va tarqatish manbai hisoblangan ijtimoiy tarmoqlarda 4 500 dan ortiq reklamalar yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazilgan, shundan (Facebook - 144 ta, Instagram - 344 ta, Telegram - 4 108 ta) qonunbuzilish holatlari aniqlangan va bartaraf etilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!