O‘zbekistonda bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchilar soni keskin kamaydi

O‘zbekistonda bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchilar soni keskin kamaydi

Mamlakatda joriy yil boshidan beri 602 mingdan ortiq oilaga bolalar nafaqasi va moddiy yordam pullari berish to‘xtatilgan.

O‘zbekistonda 2024 yil 1 yanvardan nafaqa va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash bilan Ijtimoiy himoya milliy agentligi shug‘ullana boshladi. Agentlik kam ta’minlangan oilalar soni va ularga berilayotgan moddiy yordam miqdori bo‘yicha oylik hisobot berib kelmoqda.

Moddiy yordam oluvchilar kamaymoqda

Statistik raqamlarga ko‘ra, 2023 yil oktyabrda respublikada 2,3 million oilaga davlat tomonidan bolalar nafaqasi va moddiy yordam berilgan. Keyingi oylarda ijtimoiy nafaqa olayotganlar soni kamayish bosqichiga o‘tgan. Masalan, dekabrda 2,1 million oila nafaqa olgan.

Bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchi oilalar sonining keskin qisqarishi 2024 yil yanvardan boshlangan. Xususan, shu yilning dastlabki oyida 1,94 million, fevralda 1,72 million, mart oyida 1,53 millionta oilaga bolalar nafaqasi va moddiy yordam berilgan.

Aprelga kelib, bu raqam yanvardagiga qaraganda sezilarli qisqarganini ko‘rish mumkin. Ya’ni o‘tgan oyda 1,34 millionta oila jami 645,5 milliard so‘m bolalar nafaqasi va moddiy yordam pullari olgan. O‘tgan 7 oy davomida (oktyabr–aprel oylari) 940 mingta oilaga bolalar nafaqasi va moddiy yordam pullari to‘lash to‘xtatilgan. Joriy yil hisobidan esa (yanvar–aprel) nafaqa oluvchi oilalar soni 602,4 mingtaga qisqartirilgan.

Apreldagi ko‘rsatkichlar

O‘tgan oyda respublikada 1,34 million kam ta’minlangan oilaga 628,5 milliard so‘m bolalar nafaqasi, 44,5 ming oilaga salkam 17 milliard so‘m moddiy yordam mablag‘lari to‘lab berilgan. Bunda nafaqa oluvchi oilalar ulushi respublika hududlarida yashovchi jami oilalarning 13,8 foizini tashkil etgan.

Mamlakatda nafaqa oluvchi kambag‘al oilalar soni eng ko‘p hududlar sifatida Samarqand va Farg‘ona viloyatlari qayd etilgan.

Samarqanddagi jami oilalar soni 1,12 millionta bo‘lib, shundan 167 mingtasi (16,5 foiz) nafaqa va moddiy yordam olgan. Jumladan, 162,8 ming oilaga 80,6 milliard so‘m bolalar nafaqasi, 4,2 ming oilaga 1,6 milliard so‘m moddiy yordam pullari to‘lab berilgan.

Aprelda Farg‘ona viloyatidagi jami oilalar soni 1,22 milliontani tashkil etgan. Shundan 166,9 mingtasi (14,8 foiz) nafaqa va moddiy yordam olgan. Jumladan, 162,8 ming oilaga 78,1 milliard so‘m bolalar nafaqasi, 4,1 ming oilaga salkam 1,6 milliard so‘m moddiy yordam pullari tarqatilgan.

Bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchi oilalar soni eng kam hududlar Toshkent shahri, Navoiy va Sirdaryo viloyatlari bo‘lgan.

Masalan, aprel oyida poytaxtda jami 981,3 ming oila mavjud bo‘lib, shundan 26,9 mingtasi 13,2 milliard so‘m bolalar nafaqasi va moddiy yordam olgan. Navoiyda 297,9 ming oila bo‘lib, ularning 30,3 mingtasiga 13,7 milliard so‘m, Sirdaryodagi jami 237,3 ming oiladan 39 mingtasiga ijtimoiy yordam pullari berilgan.

2023 yildagi ko‘rsatkichlar

Statistik raqamlarga qaraganda, 2023 yilda O‘zbekistondagi 2,2 million oilaga jami 12,3 trillion so‘m bolalar nafaqasi va moddiy yordam pullari to‘lab berilgan. Oilalarning 2,13 milliontasi bolalar nafaqasi, qolgan 76 mingtasi moddiy yordam olgan. Umumiy hisobda respublikaning barcha hududlarida yashovchi oilalarning 22,7 foiziga bolalar nafaqasi va moddiy yordam mablag‘lari berilgan.

O‘zbekistonda bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchilar soni keskin kamaydi

Jadval: Ijtimoiy himoya milliy agentligi

O‘tgan yili ham moddiy yordam mablag‘lari olgan oilalar soni bo‘yicha Samarqand viloyati yetakchi bo‘lgan. Viloyatda yil davomida 271,8 ming oila bolalar nafaqasi va moddiy yordam pullari olgan. Moddiy yordam pullarini eng kam olgan oilalar Toshkent shahrida qayd etilgan. O‘tgan yilda poytaxtda 32,2 ming oila bolalar nafaqasi va moddiy yordam pullari olgan.

Bolalar nafaqasi va moddiy yordam kimlarga beriladi?

Bolalar nafaqasi va moddiy yordam “Ijtimoiy himoya yagona reestri” orqali kam ta’minlangan oilalarga tayinlanadi. Mazkur mablag‘larni olish uchun murojaatchining har bir oila a’zosiga to‘g‘ri keladigan daromad minimal iste’mol xarajatlari miqdoridan — 648 ming so‘mdan kam bo‘lishi lozim.

Bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlashda arizachining mehnatga layoqatli oila a’zolari ish bilan band yoki mehnat organlariga murojaat qilgan bo‘lishlari kerak.

Shu bilan birga, talabgordan bittadan ko‘p ko‘chmas mulki, noturar ko‘chmas mulki, yangi avtomashinasi, bankda katta miqdordagi depozitlari va qimmatli qog‘ozlari bo‘lmasligi inobatga olinadi.

Qancha to‘lanadi?

Hozirda bolalar nafaqasi miqdori oilada uch yoshgacha bo‘lgan bir bola uchun 325 000 so‘m. Eng birinchi farzand uch yoshdan katta bo‘lsa, unga 250 000 so‘m to‘lanadi. Ikkinchi farzandga ikki holatda ham 150 000 so‘mdan beriladi. Keyingi farzandlarning har biri uchun 100 000 so‘mdan qo‘shiladi. Moddiy yordam miqdori esa oyiga 380 000 so‘m.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Bugundan respublikamiz hududlarida kuchli yog‘ingarchilik (yomg‘ir—qor) bo‘lishi kutilmoqda

Жорий нам ҳаво оқимлари 14 октябрь кундуз куни республиканинг катта қисмида, тунда ва 15 октябрь кундуз куни водийда ҳам 'яхшигина' тинимсиз ёмғир ёғдириши мумкин экан.

Sun’iy intellekt 2028 yilda Krishtianu Ronaldu 1000 ta golli marraga yetganida Lionel Messi qancha gol urishini bashorat qildi

«Манчестер Юнайтед»даги собиқ жамоадоши Рио Фердинанд билан мулоқотда Роналду фаолияти давомида 1000 та гол урган биринчи футболчи бўлиш истагини билдириб, шундай деган эди...

Birinchi marta! Kiyev chekinishga tayyor...

Киевда уруш бошланганидан бери биринчи марта Россияга ҳудудий имтиёзлар бериш масаласи муҳокама қилинди.

Evropa Ukrainani ham Isroilni ham xursand qiladigan qaror qabul qildi

Ғарб томонидан қўлланадиган икки давлат ЕИнинг Эронга Россияга қурол етказиб бергани сабабли санкцияларини олқишлайди.

JCH-2026, saralash. Guruhimizdagi vaziyat qanday?

АҚШ ва Канада мезбонлигида 2026 йилда ўтадиган Жаҳон чемпионати ўйинлари учун саралаш баҳслари давом этмоқда.

Isroil Eronga zarba berishga tayyorlanmoqda. Saudiya Arabistonining reaksiyasi

Эрон "Сионистларга ёрдам берадиган ҳар қандай давлат Эроннинг "қизил чизиғини" кесиб ўтади ва зарар кўради", демоқда.

Isroil AQShga va’da berdi: "Eronga hujum qilamiz, ammo..."

Исроил Бош вазири Бинямин Нетаняху АҚШ президенти Жо Байден билан Исроилнинг Эрон ракета ҳужумига жавоб бериш мақсадлари ҳақида гаплашди.

BAA terma jamoasi futbolchisi O‘zbekistonga kelsa qamoqqa olinishi mumkin

15 октябрь куни Ўзбекистон миллий терма жамоаси ЖЧ-2026 саралаши доирасида БААга қарши ўйнайди.

Aholi sonining kelajakdagi o‘sishiga turtki bo‘lgan Top-10 ta davlat

2037 йилга бориб дунё аҳолиси тўққиз миллиардга етиши кутилмоқда. Хўш, бу одамлар қаэрда яшайдилар?

Mehnat migrantlari yangi usulda Rossiyaga ishga jalb qilinishi mumkin

Россия Меҳнат вазирлиги патент ўрнига ишга қабул қилишнинг ташкилий механизмини жорий қилиши мумкин.

Dunyodagi eng keksa timsoh — 1900-yildan beri tirik va 10 000 dan ortiq naslning otasi bilan tanishing

Нил тимсоҳлари Африканинг энг даҳшатли йиртқичларидан бири бўлиб, ўзининг улкан ҳажми, кучи ва яширинлиги билан машҳур.

Rossiya O‘zbekistondan tushuntirish so‘radi

Бу ҳақда Россия ОАВсида хабарлар тарқалди.

Eron zarbasidan keyin Isroil havo kuchlari bazasining sun’iy yo‘ldosh tasvirlari e’lon qilindi

Эрон Исроилнинг энг янги самолётларини йўқ қилганини маълум қилганди.

Afg‘oniston: Biz 2 imperiyani yo‘q qildik, keyingisi – AQSh

"СССР Афғонистонга кирганида уларнинг империяси парчаланиб, Россияга айланди".

Pensiya yoshi oshishi haqidagi gap-so‘zlarda jon bormi?

Бундан тўрт кун олдин, яъни 2024 йил 23 сентябр куни Вазирлар Маҳкамасининг “Давлат пенсия таъминоти тизимини ислоҳ қилиш концепциясини ишлаб чиқиш бўйича ташкилий чора-тадбирлар тўғрисида”ги 600-сонли қарори қабул қилинди.

JCH-2026 chempionligi uchun asosiy favorit terma jamoalar ro‘yxati tuzib chiqildi

Goal нашри 2026 йилги жаҳон чемпионати фаворитлари рейтингини тузди.

Rossiya Idlibni bombardimon qilmoqda

Россия қуролли кучлари ҳозирда ислом қўшинлари назорати остида бўлган Идлибга зарба берди.

Sholsning Ukrainaga yordami qimmatga tushmoqda

Бу ҳақда The New York Times хабар берди.

Kim Chen Inning noyob droni

АҚШ ҳарбийлари MQ-9 Reaper ва RQ-4 Global Hawk учун Hellfire ракетасининг "қайта ишланган нусхаси"дан фойдаланаётган янги КХДР учувчисиз аппаратини диққат билан кузатиб бормоқда.

Rossiya qo‘shinlari Kupanskka yaqinlashmoqda

Россия қўшинлари учун Харков вилоятининг Купянск шаҳрига қадар 6 километр қолди.

Lavrov Turkiyaga yetib keldi

Россия Ташқи ишлар вазири Сергей Лавров Эрон , Озарбайжон , Арманистон ва Грузияни ўз ичига олган Жанубий Кавказ учун «3+3» платформасида иштирок этиш учун Туркияга ташриф буюрди . Бу ҳақда ТАСС хабар бермоқда .

Turkiya Suriya bilan chegaradosh viloyatga snaryadlar tushganini ma’lum qildi

Туркиянинг Сурия билан чегарадош Килис вилоятига камида иккита снаряд тушди . Бу ҳақда CНН Турк телеканали хабар берди .

Isroil G‘azoda HAMAS yetakchisi Sinvar o‘ldirilganini tasdiqladi

Ғазодаги ХАМАС раҳбари Синварнинг йўқ қилингани Исроилда тасдиқланди.

Ikki mingdan ortiq noqonuniy muhojir Rossiyadan chiqarib yuboriladi

Москвада бир ҳафта давом этган «Нолегал-2024» операциясининг иккинчи босқичи якунларига кўра, 2 мингдан ортиқ муҳожир Россиядан чиқариб юборилади, деб ёзади «РИА Новости» Россия Ички ишлар вазирлигига таяниб.

Eron yadroviy quroldan ham kuchliroq qurolga ega

Эрон ядровий қуролдан сезиларли даражада устун бўлган махфий қуролларга эга, деди Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси (ИРГC) тараққиёт ва қуролланиш комиссиясининг собиқ котиби, бригада генерали Иброҳим Ростами.

Rossiya harbiylari Kursk viloyatida Ukraina qurolli kuchlarining 500 nafar jangchisini qurshab oldi

Украина Қуролли Кучларининг 500 нафаргача ҳарбий хизматчиси Курск вилоятининг Любимовка шаҳрида рус ҳарбийлари томонидан қуршаб олинган.

Gollandiya Ukraina uchun o‘q-dorilar uchun 271 million yevro ajratadi

Нидерландия Киевга ўқ-дорилар етказиб бериш учун 271 миллион евро ажратади . Бу ҳақда бош вазир Дик Шоф Х ижтимоий тармоғида маълум қилди .

Toshkent viloyatida hojatxonaga tushib ketgan qizcha qutqarildi

Шундан сўнг у малакали тиббий ёрдам кўрсатиш мақсадида шифохонага олиб борилиб, тиббий кўрикдан ўтказилди, дейилади ФВВ хабарида.

Trampga suiqasd qilishda ayblanuvchi arman bo‘lib chiqdi

Президентликка номзод Доналд Трампга учинчи марта суиқасд қилишда айбланаётган 49 ёшли Вем Миллер Fox News Дигиталъга берган интервьюсида унга қарши айбловлар ёлғон эканини айтди.

Isroil askarlari Livan qishlog‘ini bombalab, uni nishonlayotganini suratga oldi

Исроил кучлари Ливаннинг Мҳаибиб қишлоғида катта миқдордаги портловчи моддаларни портлатди.

Andijonda Spark va Damas to‘qnashdi, mashinalar yonib ketdi, ikki kishi halok bo‘ldi

Воқеа 13-октабр куни Улуғнор туманидан ўтган Наманган—Мингбулоқ йўлида содир бўлган.

Toshkentdagi Miran mehmonxonasi binosida ro‘y bergan yong‘in o‘chirildi

Ёнғинни ўчиришда жами 14 нафар экипаж иштирок этди. Соат 18:19 да ёнғин маҳаллийлаштирилиб, 19:16 да ўчирилди.

AQSh xavotirda, ammo hech narsa qilmoqchi emas

АҚШ Шимолий Корея аскарлари Украинада Россия томонида жанг қилаётгани ҳақидаги маълумотлардан хавотирда.

Pezeshkian qotillarni to‘xtatmoqchi

Эрон президенти мусулмон давлатларини Исроилга қарши бирлашишга чақирди.

Xitoy Tayvanni "yo‘q qilish" bilan tahdid qildi

Хитой билан зиддият кучайса, Тайван «ҳалокат»га дуч келади, деди Хитой Давлат кенгаши қошидаги орол ишлари бўлими раиси Чен Бинхуа. Унинг сўзларидан Reuters иқтибос келтирмоқда.

G‘alaba re’jasi: Zelenskiy kerakli narsalar ro‘yxatini e’lon qildi

Зеленскийнинг сўзларига кўра, ғалаба режасининг иккинчи бандини муваффақиятли амалга ошириш учун қуйидагилар керак...

"Kursk operasiyasi tufayli biz Putinning bosimga dosh berish uchun yetarli kuchi yo‘qligini ko‘rdik"

Зеленский Украина қўшинлари Россиядан кетмоқчи эмаслигини айтди.

Shimoliy koreyaliklar armiya safiga ommaviy ravishda kirmoqda

Корея ярим оролида уруш муқаррарми?

"Hizbulloh"ning dahshatli bayonoti e’lon qilindi

"Ҳизбуллоҳ" аллақачон Исроил билан уруш ҳолатида.

Qozog‘istondagi YTHda 6 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Қозоғистоннинг Манғистоу вилоятида содир бўлган ЙТҲ оқибатида олти нафар Ўзбекистон фуқароси ҳалок бўлди, яна тўрт нафари шифохонага ётқизилди.