O‘zbekistonda ayollarning ish vaqtini qisqartirish taklif qilindi

O‘zbekistonda ayollarning ish vaqtini qisqartirish taklif qilindi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari, “Milliy tiklanish" DP MK raisi Alisher Qodirov oilali ayollarning ish vaqtini qisqartirishni taklif qildi.

"Bog‘chadan farzandini vaqtida olishiga vazifasi xalaqit berayotgan ayollarga ish vaqtini qisqartirish juda yaxshi, lekin bu masalaning yarmi…

Ishlaydigan, oilali ayollar uchun ertalab ishga bir soat kechroq kelish va ish vaqtidan bir soat vaqtliroq ketishni rasmiylashtirish kerak.

Ayol xodimning ish samaradorligi sezilarli oshadi, oilada muhit o‘zgaradi.

Qolaversa, natija ko‘p ishlash emas, samarali ishlashning hosili ekanini hamma tan olmasa ham, juda yaxshi biladi", deb yozadi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!