O‘zbekiston zargarlari Qohirada o‘tkaziladigan xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etadi

O‘zbekiston zargarlari Qohirada o‘tkaziladigan xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etadi

Mamlakatimiz elchixonasi xodimlari Misr Savdo palatalari uyushmasining tilla va zargarlik bo‘limi boshlig‘i Xani Milad Geyd bilan uchrashuv o‘tkazdilar, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Muzokaralar davomida mamlakatimizda zargarlik sohasini yanada rivojlantirish maqsadida hamkorlikda kadrlar tayyorlash, zargarlarni Misrda o‘qitishini tashkil etish va tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.

Misr tomonining aytishicha, mamlakatda zargarlik sohasi so‘nggi 15-20 yillarda tez sur’atlar bilan rivojlana boshladi. Bunga sabab Turkiya va Italiyadan zamonaviy asbob-uskuna hamda jihozlar kirib kelishi bilan izohlanadi.

Tomonlar o‘zaro tajriba almashish, hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish va kengaytirish maqsadida soha vakillarining o‘zaro ishchi safarlarini tashkil etish lozimligini ta’kidladilar.

Muloqot chog‘ida, shuningdek, O‘zbekiston zargarlarining joriy yil 18-20 noyabr kuni Qohirada o‘tkaziladigan «NEBU III» xalqaro ko‘rgazmasiga ishtirokini tashkil etish masalasi ko‘rib chiqildi. Ushbu ko‘rgazmada Misr, BAA, Turkiya, Livan, Italiya, Xitoy, Tayland, Hindistondan 7500 ishtirokchi va 250 ta kompaniya o‘zining brend mahsulotlarini namoyish etishi rejalashtirilgan.

Uchrashuv nihoyasida muhokama qilingan masalalarni amaliy hayotgan tadbiq etish maqsadida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Misr savdo palatalari uyushmasi o‘rtasida onlayn muzokaralar tashkil etish bo‘yicha kelishib olindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!