O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malik vafotining sabablari ma’lum qilindi

O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malik vafotining sabablari ma’lum qilindi

O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malik vafot etgani to‘g‘risida xabar bergan edik. Adabiyot darg‘alaridan birining bevaqt vafoti sabablari ma’lum qilindi.

Kun.uz xabariga ko‘ra, Tohir Malik shifoxonada oshqozon kasalligi bilan bog‘liq og‘ir jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgan. Afsuski, ushbu amaliyotdan so‘ng yozuvchi o‘ziga kelmagan.

Adibni so‘nggi yo‘lga kuzatish marosimi bugun, 16 may kuni asr namozidan keyin bo‘lib o‘tadi.

Aniq.uz tahririyati marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik izhor etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!