O‘zbekiston va Niderlandiya temir yo‘l transporti sohasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirmoqda

O‘zbekiston va Niderlandiya temir yo‘l transporti sohasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirmoqda

Niderlandiyaning «Rotterdam Port Promotion Council» portalida temir yo‘l transporti sohasidagi O‘zbekiston-Niderlandiya hamkorligiga bag‘ishlangan «Smart-konteyner shartnoma imzolaydi» sarlavhali maqola joylashtirildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Nashrda «Smartcontainer» kompaniyasi va «O‘ztemiryo‘lkonteyner» davlat temir yo‘l transporti kompaniyasi o‘rtasida Rotterdam port ma’muriyati va «Rotterdam Port Promotion Council» qo‘shma paviloni bilan Hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolangani ma’lum qilingan.

«Hujjatni imzolash doirasida ishtirokchilar transchegaraviy temir yo‘l tashuvlari narxini pasaytirish, o‘z hududlarida konteyner uskunalarining doimiy bo‘lishi va yuk tashishni tashkil etishda qulay tranzit vaqtini ta’minlash masalalarini ham muhokama qildilar», deyiladi maqolada.

Materialda qayd etilishicha, «Smartcontainer» kompaniyasi boshqaruvchi direktori Anatoliy Sokolyuk, ushbu Bitim Yangi Ipak yo‘lining O‘rta koridorini rivojlantirish doirasida yangi logistika yechimlarini ishlab chiqishni davom ettirish imkonini berishini aytib o‘tgan.

«Intermodal ta’minot zanjirlarini tashkil etishdagi o‘zgarishlar kontekstida yangi va muqobil transport aloqalarini rivojlantirish Yaqin Sharq va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi iqtisodiy manfaatlarni amalga oshirishda muhim omil bo‘lishi mumkin», deb yozadi «Rotterdam Port Promotion Council».


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!