O‘zbekiston va Koreya o‘rtasida tez tibbiy yordam xizmati bo‘yicha hamkorlik mustahkamlanmoqda

📄 Sog‘liqni saqlash vazirligi va Koreya xalqaro sog‘liqni saqlash jamg‘armasi (KOFIH) o‘rtasida o‘zaro hamkorlik bo‘yicha memorandum imzolangan edi.
🖇 Unda belgilangan vazifalar doirasida vazirlik va Respublika tez tibbiy yordam markazi mas’ullaridan iborat delegasiya ayni paytda ushbu mamlakatda bo‘lib turibdi.
🚑 Tashrif davomida yurtimiz tez tibbiy yordam xizmati xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash bo‘yicha KOFIH bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari atroflicha muhokama etiladi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)