O‘zbekiston Tojikistonga gaz eksportini to‘xtatdi 

O‘zbekiston Tojikistonga gaz eksportini to‘xtatdi 

O‘zbekiston yil oxiriga qadar Tojikistonga suyultirilgan tabiiy gaz yetkazib berishni to‘xtatdi. Bu haqda Tojikiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasi raisi Abdulmajid Mo‘minzoda xabar qildi.

Mo‘minzodaning aytishicha, ayni damda Qozog‘iston ham sentyabr oxiriga qadar Tojikistonga gaz yetkazib berishni to‘xtatgan.

Tojikiston Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasi xabariga ko‘ra, Tojikiston tabiiy gazni asosan Qozog‘istondan (92,3 %) va biroz O‘zbekistondan (7,4%) sotib oladi. Shuningdek, Rossiyadan ham iste’molning 1%dan kam miqdorida tabiiy gaz xarid qilinadi. 

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning yanvar oyida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov 2025 yilga kelib O‘zbekiston tabiiy gaz eksportini butunlay to‘xtatadi. Qazib olinayotgan barcha gaz respublika ichida qayta ishlanadi, degan edi. 

Shuningdek, "O‘ztransgaz" rahbari Ulug‘bek Sayidov ham tabiiy gazdan birinchi navbatda respublika ichki bozorida yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarish uchun foydalanish afzalligini aytib o‘tgan edi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida bo‘lib o‘tgan majlislardan birida, koronavirus pandemiyasi oqibatida butun dunyoda uglevodorodlarga talab kamayishi tufayli O‘zbekiston tabiiy gaziga bo‘lgan ehtiyoj ham 3 baravar kamaygani qayd etilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!