O‘zbekiston tashqi savdosida Rossiya ikkinchi o‘rinda turadi

O‘zbekiston tashqi savdosida Rossiya ikkinchi o‘rinda turadi

2022 yilning yanvar-may oylarida mamlakatlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi o‘tgan yilga nisbatan 33,8 foizga oshdi.

Rossiya O‘zbekistonning tashqi savdo hamkorlari ro‘yxatida ikkinchi o‘rinni saqlab qoldi. Uning ulushi 15,8% ni tashkil qiladi. Birinchi o‘rinda 18,5% ulush bilan Xitoy. Kuchli uchlikni Qozog‘iston (8,5%) yopdi.

O‘zbekistonning Rossiyaga eksporti hajmi 1,42 baravar oshdi (umumiy eksport hajmining 11,2 foizi). Rossiya bozori O‘zbekistondan to‘qimachilik va meva-sabzavot mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha birinchi o‘rinni egallashda davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!