O‘zbekiston kubogi. "O‘lim guruhi"dan "Navbahor" birinchi bo‘lib sog‘ chiqdi

O‘zbekiston kubogi. "O‘lim guruhi"dan "Navbahor" birinchi bo‘lib sog‘ chiqdi

O‘zbekiston kubogi guruh bosqichi ikkinchi turidan o‘rin olgan o‘yinlari davom ettirilmoqda.

Namanganning "Navbahor" jamoasi vodiy derbisida "Andijon"ni qabul qilib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. "Lochinlar" ochkolarini 6 taga yetkazib, muddatidan avval pley-off masalasini hal qildi.

Guruhning ikkinchi juftligida "Dinamo" "Nasaf"ga qarshi maydonga tushdi. Gollarga boy kechgan bahsda tomonlar 3:3 hisobida durang o‘ynadi.

Ma’lumot uchun, "H" guruhida 2-turdan keyin "Navbahor"da 6, "Dinamo"da 2, "Andijon" hamda "Nasaf"da 1 ochkodan bor. So‘ngi hal qiluvchi turda Samarqandliklar "Navbahor"ni qabul qiladi, Berdiyev shogirdlari esa "Bobur Arena"ga safar qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!